Richard Attenborough
Lord Richard Samuel Attenborough (Baron Attenborough) (1923-yil 29-avgustda tugʻilgan) — Britaniyalik Siyosatchi ,aktyor, kinorejissyor va tadbirkor[1]. Ikki karra Akademiya(Oscar), toʻrtta Oltin Globus va toʻrtta BAFTA mukofoti laureati. U Qirollik Dramatik San'at Akademiyasi (RADA) va Britaniya Film va Televizion Sanʼat Akademiyasining (BAFTA) prezidenti boʻlgan.
Lord Richard Attenborough CBE FRSA | |
---|---|
Richard Samuel Attenborough | |
Tavalludi |
10-dekabr 1923-yil Cambridge, Angliya |
Vafoti |
24-avgust 2014-yil (90 yoshda) |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Otasi | Frederick Attenborough |
Onasi | Mary Clegg |
Mukofotlari |
|
Attenborough Ikkinchi Jahon urushi paytida Britaniya qirollik havo kuchlari kino boʻlimida xizmat qilgan. U Yevropada bir necha bor bomba hujumlari amalga oshirilgan vaqtda qurolli pozitsiyasidan film suratga olgan. Richard Attenborough tabiatshunos olim Sir David Attenborough va Alfa Romeo direktori Jon Attenborougning akasi edi. U 1945-yildan to vafotigacha aktrisa Sheila Sim bilan birga hayot kechirdi. Attenborough „Chelsi“ futbol klubi prezidenti ham boʻlgan.
Uning rejissyorlik ishlaridan „Oh! What a Lovely War“ (1969), „Young Winston“ (1972) , „A Bridge Too Far“ (1977) va „Cry Freedom“ (1987) singari filmlari eng yaxshi yoʻnalish uchun BAFTA mukofotiga nomzod boʻlgan. 1983-yilda Attenborough Gandi filmi uchun ikkita Akademiya(Oscar) mukofotiga sazovor boʻldi. Gandi filmi esa XX asrning 34-eng yaxshi filmi hisoblanadi. Shuningdek, u toʻrtta BAFTA mukofotiga, toʻrtta „ Oltin globus“ mukofotiga sazovor boʻldi va 1983-yilda BAFTA stipendiyasini umrbod yutuq sifatida oldi. Aktyor sifatida Attenborough „Brighton Rock“ (1948), „I'm All Right Jack“ (1959), „The Great Escape“ (1963), „The Sand Pebbles“ (1966), „Doctor Dolittle“ (1967), „10 Rillington Place“ (1971), „Jurassic Park“ (1993), va „Miracle on 34th Street“ (1994) kabi filmlarda rollar ijro etgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Actor and director Richard Attenborough dies aged 90“. BBC News (24-avgust 2014-yil). Qaraldi: 24-avgust 2014-yil.
- ↑ „The Mousetrap at 60: why is this the world's longest-running play?“. The Guardian. Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
Havolalar
tahrir