Roʻzaqul Xalmurodov
Xаlmurodov Roʻzaqul Sotiboldiyevich (kir. Халмуродов Рўзақул Сотиболдиевич) — 1941-yil 1-mayda Janubiy Qozogʻiston viloyati Sayram tumani Mankent qishlogʻida dunyoga kelgan. Millati — oʻzbek.
Roʻzaqul Xalmurodov | |
---|---|
Xalmurodov Roʻzaqul Sotiboldiyevich | |
Tavalludi |
01.05.1941 |
Partiyasi | NurOʻtan |
Turmush oʻrtogʻi | Xalmurodova Savrioy |
Toshkent Davlat Universitetini (1968) geografiya fani mutaxasisligi boʻyicha; Toshkent qishloq xoʻjalik institutining agronomiya fakultetini (1982), agronom mutaxasisligi boʻyicha; Almati oliy partiya maktabini (1986) siyosatshunoslik boʻyicha bitirgan. Uylangan, turmush oʻrtogʻi — Xalmurodova Savrioy. 6 farzandi bor. Oʻzbek, qozoq va rus tillarini biladi[1].
- Dini — Islom, ikki marta haj safariga borgan.
- Xobbisi — gul parvarish qilish.
- 1958-yil — JQV Sayram tumani Mankent qishlogʻida shirkat ishchisi.
- 1959-yil — Toshkent Davlat universitetining studenti.
- 1959-1960 yillar — Kengash askarlarining safida xizmatda boʻldi.
- 1963-yil — Chimkent viloyati Aqala qishlogʻidagi 8 yillik „Qizil juldiz“ maktabining muallimi.
- 1965-yil — Qozogʻiston LKJO Sayram tumani partiya qoʻmitasining boʻlim mudiri, birinchi kotibi, ikkinchi kotibi.
- 1971-1973 yillari — Chimkent viloyati Sayram tumani partiya qoʻmitasi tashkillashtirish boʻlimining mudiri.
- 1977-yil — Chimkent viloyati partiya qoʻmitasi partiyaviy birlashmalar boʻlimining instruktori, birinchi kotibining yordamchisi.
- 1985-yil — Chimkent viloyati Turkiston tumani partiya qoʻmitasining birinchi kotibi.
- 1989-yil — Chimkent viloyati viloyat partiya qoʻmitasining kotibi.
- 1991-yil — Chimkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisining movuni, viloyat kommunal mulk boshqarmasining boshligʻi.
- 1992-yil — JQV Sayram tumanining hokimi.
- 1993-yil — JQV hokimining oʻrinbosari.
- 2002-yil — JQV Intizom kengashining raisi.
- 2005-yil — QR Davlatning hududiy xizmat ishlari boshqarmasining boshligʻi, JQV Intizom kengashining raisi.
- 2007-2016 — QR Parlament Majlisining 4 va 5 chaqiriqda Qozogʻiston xalqi assambleyasidan taklif etigan deputat.
Agrar masalalari boʻyicha qoʻmatasining aʼzosi. Hozirgi kunda nafaqador hisoblanadi.
„Doʻstlik“ QR oʻzbeklari ijtimoiy birlashmasi respublika birlashmasining prezidentі (2003-yildan);
„Qurmet belgіsі“ (1971), II darajali „Dos’tiq“ (2001), I darajali „Doʻstiq“ (2008) ordenlari bilan; „Yeren enbegi үshіn“ (1981), „Yerlіk enbegi үshіn. V.I. Leninning tavalludiga 100 yil boʻlishi hurmatiga“, „Yenbek Yerі“ (1974), „Tingʻa 50 jil“ (2004), „Qozogʻiston Qomusiga 10 yil“ (2005), „Astananing 10 yilligi“ (2008) medaldari bilan; QozSSR Oliy kengashi Hurmat gramotasi bilan taqdirlangan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Қазақстан Республикасында Кімнің Кім екені - 2011. 2 томдық анықтамалық. Алматы, 2011 ІSВN 978-601-278-473-2
- ↑ Roʻzaqul Xalmurodov biografiyasi
Havolalar
tahrir- Ұлты өзге депутат әріптестерінен қазақ тілінде сөйлеуді талап етті[sayt ishlamaydi]
- Депутат басқа ұлт өкілдері өздерінің тілдерінде білім алуы тиіс дейді (Wayback Machine saytida 2012-04-07 sanasida arxivlangan)