Sobirjon Roʻziyev
Sobirjon Sobitovich Roʻziyev (1953.15.6, Qirgʻiziston, Moskva tumani) — qilichboz, xizmat koʻrsatgan sportchi (1978). Qilichbozlikning rapira turi boʻyicha 3 karra jahon chempioni (1974, Grenobl; 1979, Melburn; 1981, KlermonFerran), 3 marta jahon kubogi gʻolibi (1974, 1975, 1977, Bonn), 2 marta Jovanini kubogida gʻolib chiqqan (1974, Bolonya; 1979. Venetsiya), olimpiada kumush medali sovrindori (1980, Moskva). R. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya institutini (1975), ToshDUning yuridik fakultetini (1986) tugatgan. Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchisi (1974 —92). Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi (1992—95), Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiada qoʻmitasi prezidenti (1995—2003). Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti (2003-yildan). R. Xalqaro Olimpiada qoʻmitasining kumush ordeni (1998), Milliy Olimpiada qoʻmitalari assotsiatsiyasi oltin ordeni (2002) bilan mukofotlangan.[1]
Sobirjon Roʻziyev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Sobirjon Sobitovich Roʻziyev |
Fuqaroligi | SSSR / Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
15-iyul 1953-yil Belovodskiy (Moskva tumani), Chuy (viloyat) |
Boʻyi | 183 cm (6 ft 0 in) |
Vazni | 74 kg |
Sport | |
Qaysi sport | Qilichbozlik |
Klubi | Qurolli Kuchlar (Toshkent) |
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Sobirjon Roʻziyev Sport Rossiya
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |