Robert Petrosovich Avakyan (1932-yil 18-iyul — 2002-yil 14-iyun) — sovet rassomi, grafik boʻyicha rassom va haykaltarosh. SSSR Rassomlar uyushmasi a’zosi (1968). Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati (1983).

Robert Petrosovich Avakyan
Tavalludi 18-iyul 1932-yil
Shimoliy Osetiya, Orjonikidze (hozirgi Vladikavkaz)
Vafoti 14-iyun 2002-yil(2002-06-14)
(69 yoshda)
Toshkent Oʻzbekiston
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi Oʻzbekiston
Kasbi grafik boʻyicha rassom va haykaltarosh
Mukofotlari Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati

Tarjimai hol tahrir

Robert Avakyan 1932-yil 18-iyulda Shimoliy Osetiyaning Orjonikidze (hozirgi Vladikavkaz) shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keladi. Boshlangʻich badiiy ta’limni A. S. Pushkin nomidagi shahar rassomlik badiiy maktabida olgan. 1957-yilda Orjonikidze shahar rassomlik-pedagogika bilim yurtini tugatib, Chermen qishlogʻidagi oʻrta rassomlik maktabida chizmachilik va rasm oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.

1958-1964-yillarda I.E.Repin nomidagi Leningrad davlat rassomchilik, haykaltaroshlik va arxitektura institutining rangtasvir (I.E.Repin nomidagi Sankt-Peterburg davlat akademik rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura instituti) fakultetida tahsil oladi[1]. Uning ustozlaridan biri Iosif Aleksandrovich Serebryaniy edi.

Ushbu ta’lim dargohinii tamomlagach, ish taqsimoti boʻyicha Oʻzbekistonning Qoʻqon shahriga yuboriladi. 1964-yildan Qoʻqon davlat pedagogika institutida talabalarga saboq beradi. Shahar, respublika va umumittifoq koʻrgazmalarida ishtirok etadi. Robert Avakyan 1965-1971-yillarda Qoʻqon shahar viloyat Badiiy kengashi a’zosi boʻladi. U 1966-yilda inqilob jangchilariga haykal yaratgani uchun Qoʻqon shahar komitetining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.
Avakyan 1968-yilda SSSR Rassomlar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi, 1969-1971-yillarda Qoʻqon rassomchilik pedagogika bilim yurtida oʻquvchilarga dars berdi.

Haykaltarosh 1972-yilda oilasi bilan Toshkent shahriga koʻchib keladi. Badiiy jamgʻarmaning Haykaltaroshlik va monumental san’at kombinati va Oʻzbekiston Madaniyat vazirligining eksperimental kombinatida ishlaydi. Bir qator monumental asarlar yaratadi. Respublika va Butunittifoq koʻrgazmalarida, xalqaro haykaltaroshlik tanlovlarida faol ishtirok etadi.

Robert Petrosovich 1986-yilda “Ikar” yodgorlik haykalini yaratgani uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati boʻldi[2].

Haykaltarosh 1988-yilda Ashxobodda boʻlib oʻtgan birinchi Butunittifoq tosh haykaltaroshlik simpoziumida ishtirok etadi.

1991-yildan - Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi boʻlgan.

U 1988-2002-yillarda Toshkent, Buxoro, Nukus, Yangibozor shaharlarida yodgorlik asarlar yaratish boʻyicha faol ishlar olib boradi.

Robert Avakyan 2002-yil 14-iyunda vafot etdi. U Toshkentdagi 1-shahar qabristoniga (ushbu hudud “kommunistlar qabristoni” deb yuritilardi) dafn etilgan.

Rangtasvir musavviri boʻlishiga qaramay, uning noyob iste’dodi grafik boʻyicha asarlar yaratishda yaqqol namoyon boʻldi, Robert Avakyan, shuningdek, haykaltarosh va yodgorlik kompozisiya yaratuvchisi sifatida mashhur edi.

Adabiyotlar tahrir

  • Одиннадцатая Всесоюзная Выставка дипломных работ Студентов художественных вузов СССР. Выпуск 1964-65. Каталог // ВГБИЛ «Искусство». Москва. И-51. 1965
  • М.Могилевский «Его труд — вдохновение» // Знамя Труда. 13 августа 1965
  • Юбилейная областная выставка художников Ферганской долины. Каталог // Ферг. Тип. Зак № 7497-200-67г.
  • М.Новик «Памяти павши будьте достойны» // Ферганская правда. 5 мая 1967
  • Р.Александрова «Руки творят красоту» // Газета «Знамя труда». 2 июня 1970
  • В.Тарасова «Плачь, но и гордись!» // Ферганская правда. 15 сентября 1970
  • И.Караадаов «Искусным резцом» // Ферганская правда. 1 октября 1970
  • Анонс открытия памятника // Ферганская правда. 1 декабря 1970
  • В.Петренко «Ваятель, сын трех матерей» // Ферганская правда. 6 февраля 1971
  • Л.Владимирова «Нефтяникам посвящается» (статья об открытии Нового корпуса Нефтяного техникума. Мозаичное панно) // Знамя труда. 16 октября 1971
  • Дворец Авиастроителей в Ташкенте // Строительство и архитектура Узбекистана № 2, 1981
  • Л.Иванов «Всех жанров свет» // Ферганская правда. 16 ноября 1971
  • В.Кузнецова «Открытие нового Дома кино в Ташкенте» // Советская культура. 11 июня 1982
  • Скульптура республик Средней Азии и Казахстана. Каталог выставки // Советский художник. Москва. 1982
  • Роберт Петросович Авакян. Скульптура, живопись, рисунок, акварель, пастель. Каталог // ГП ТППО «Матбуот». Ташкент. 19 марта 1983
  • О.Апухтин «Дуэт художников» // Вечерний Ташкент. 11 апреля 1983
  • Ф.Максумова «Дыхание жизни» // Ташкентская правда. 19 апреля 1983
  • А.Иванова «Свое слово в искусстве» // Ударник. 13 мая 1983
  • В.Буракин, И.Исраилов, П.Захидов «Устремленный в небо» // Правда Востока. 25 октября 1983
  • С отчетом перед земляками // Социалистическая Осетия. 28 июня 1985
  • И.Константинова «…и течет река» // Молодой коммунист. 6 июля 1985
  • Э.Эрназаров «Не пришедшим с полей войны» // Ташкентская правда. 10 мая 1985
  • Н.Кокорина «В творческом поиске» // Комсомолец Узбекистана. 11 июня 1985
  • Анонс выставки // Растдзинад. 9 июля 1985
  • А.Дзантиев «Живая правда жизни» // Социалистическая Осетия. 14 июля 1985
  • Пятый Всесоюзный смотр лучших архитектурных произведений 1985 года // Архитектура и строительство Узбекистана № 12 1986
  • О.Апухтин "Меориал «Победа» // Вечерний Ташкент. 16 февраля 1986
  • О.Апухтин «Гармония форм» // Ташкентская правда. 25 июля 1986
  • 3-я Республиканская выставка. Скульптура. Каталог // ГП ТППО «Матбуот». Ташкент. 25 ноября 1986
  • Е.Гришин «Ашхабадский парк скульптуры» // Вечерний Ашхабад. 29 ноября 1988
  • Всесоюзный симпозиум скульптуры «Ашхабад 88». Каталог // Ашхабад, 1988
  • А.Танхельсон «Прикосновение к таинству. Резец и кисть Роберта Авакяна» // Народное слово. 13 августа 1995
  • Роберт Авакян. Юбилейная выставка. Каталог // Asgard-design, 2002

Manbalar tahrir

  1. Одиннадцатая Всесоюзная Выставка дипломных работ Студентов художественных вузов СССР. Выпуск 1964-65. Каталог // ВГБИЛ «Искусство». Москва. И-51. 1965
  2. Дворец Авиастроителей в Ташкенте // Строительство и архитектура Узбекистана. — 1981. — № 2.