Robert Abramovich Pinxasov – buxoro yahudiylari jamoat va fan arbobi, tibbiyot xodimi, dotsent, bir qator kitoblar, darsliklar, maʼruzalar va maqolalar muallifi va hammuallifi.

Robert Pinxasov
Tavalludi 1937-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston AQSH bayrogʻi AQSh
Sohasi meditsina
Ilmiy darajasi dotsent

Robert 1992-yildan „Roshnoy“ ijtimoiy ilmiy markazi prezidenti, loyiha rahbari, muharriri va ikki jildlik „Istoriya buxarskix yevreyev. Noviy i noveyshiy period“ (2005) kitobi hammuallifi. 1993-yildan beri Amerika-Rossiya Tibbiyot Jamiyati ARMS vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan[1].

Pinxasov 2002–2006-yillar oralogʻida Butunjahon rusiyzabon yahudiylar kongressi (WKRE) muvofiqlashtiruvchi kengashi aʼzosi boʻlgan. Nyu-Yorkda buxoro yahudiylari tarixi va madaniyatiga bagʻishlangan I, III, V ilmiy-amaliy konferensiyalardagi (1995, 2000, 2012) tashkiliy qoʻmita raisi. Buxoro yahudiylarining tarixi va madaniyati boʻyicha IV konferensiya tashkiliy qoʻmitasi aʼzosi (2003, Quddus). Robert rusiyzabon shifokorlar va biologlarning ikkita xalqaro konferentsiyasi tashkilotchisi (1997, 1998. Nyu-York). U, shuningdek, Nyu-York va AQShning boshqa shaharlari tibbiy idoralarida maslahatchi boʻlib faoliyat yuritadi.

Robert Pinxasov 1960-yilda Toshkent tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. 340-sonli tuman harbiy gospitalida shifokor boʻlib ishlagan, keyinchalik Toshkent shahridagi 1-sonli klinik gospitalning urologiya boʻlimini boshqargan. Shuningdek, assistent va Toshkent tibbiyot instituti urologiya va operativ nefrologiya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan[2].

Shifokor Robert Abramovich 1992-yilda AQShning Nyu-York shahriga koʻchib oʻtdi. U 112 ta ilmiy maqola, 22 ta kitob va 4 ta maʼlumotnoma muallifi va hammuallifi. Robert 1999-yil „Mujchinam o mujchinax“, 2001-yil „Buxarskiye yevrei v meditsine“, 2008-yil „Buxorskiye yevrei. Ensiklopedicheskiy spravochnik“ (2010-yil inglizcha nashri), 2010-yil „Buxarskiye yevreyi“ va 2012-yil „Deyateli iskusstv – buxarskiye yevreyi“ kabi qator kitoblar muallifi. 2011-yil „Na volne pamyati“, 2012-yil „Traditsii i bit buxarskix yevreyev“, 2013-yil „Buxarskiye yevreyi. Kniga pamyati“ kitoblari, shuningdek, 1987-yilda „IV kurs talabalari uchun urologiya darslari uchun uslubiy tavsiyalar“ va 1988-yilda chop etilgan „VI kurs talabalari uchun urologiya boʻyicha qoʻllanma“ darsliklari muallifi.

Manbalar

tahrir
  1. „Пинхасов, Роберт Абрамович - Бухарские евреи [Текст : энциклопедический справочник“]. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.
  2. „ЛИШЬ НЕПОКОЛЕБИМАЯ СТРАСТЬ СПОСОБНА ОСТАВИТЬ СЕРЬЁЗНЫЙ СЛЕД В НАУКЕ“. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.