Roberto Carlos Alvarado Hernández (talaffuzi: Roberto Karlos Alvarado Ernandes) 1998-yil 7-sentabrda tavallud topgan. Meksikalik futbolchi „Kruz Azul“ klubi va Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi. 2020-yilgi Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori.

Roberto Alvarado
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Roberto Carlos Alvarado Hernández[1]
Tavallud sanasi 7-sentyabr 1998-yil (1998-09-07) (25 yosh)[1]
Tavallud joyi Salamanca, Guanajuato, Meksika[1]
Boʻyi 1.76 m[1]
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Guadalajara
Raqami 25
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2013-2016 Celaya
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013-2017 Celaya 50 (8)
2017 Pachuca 9 (1)
2017-2018 Necaxa 26 (2)
2018-2021 Cruz Azul 120 (16)
2022- Guadalajara 37 (5)
Milliy terma jamoa
2018 Meksika U21 5 (3)
2021 Meksika U23 9 (1)
2018- Meksika 30 (4)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 9-oktyabr uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Roberto Carlos Alvarado Hernández „Celaya“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 25-sentabr kuni Meksika kubogi doirasida „Estudiantes Tecos“ga qarshi oʻyinda Roberto Carlos Alvarado Hernández 15 yoshu 21 kunligida asosiy jamoada debyut qildi[2]. 29-sentabr kuni Estudiantes „Estudiantes Tecos“ga qarshi oʻyinda u Liga Assensodagi debyutini oʻtkazdi[3]. 2014-yilning 19-fevralida Meksika kubogi doirasida „Atlas“ga qarshi o‘yinda Roberto Carlos Alvarado Hernández o‘zining ilk golini „Celaya“ safidagi ilk golini kiritdi[4]. 2014-yilda futbolchiga Angliyaning „Manchester United“ va „Sandreland“ jamoasi, 2015-yilda esa „Leicester City“ klublari qiziqish bildirishgan[5].

2017-yil boshida Roberto Carlos Alvarado Hernández „Pachuca“ga koʻchib oʻtdi. 15 yanvar kuni „Chiapas“ga qarshi oʻyinda u Meksika Primer ligasida debyut qildi[6]. „Tijuana“ga qarshi bahsda Roberto Carlos Alvarado Hernández „Pachuca“ uchun birinchi golini urdi. Oʻzining debyut mavsumida u klubga KONKAKAF Chempionlar ligasida gʻolib chiqishga yordam berdi.

Xalqaro karyerasi tahrir

2018-yil 8-sentabr kuni Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Roberto Carlos Alvarado Hernández ikkinchi bo‘limda Alan Pulido o‘rniga Meksika terma jamoasida debyut qildi [7] .

2019-yilning yozida u KONKAKAF oltin kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan edi. Guruh bosqichidagi ikkinchi oʻyinda Kanada jamoasiga qarshi oʻyinda u 40-daqiqada gol urdi va jamoa bilan birgalikda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Roberto Carlos Alvarado Hernández oʻzining sevimli futbolchisi — argentinalik Klaudio Lopes sharafiga „Flea“ taxallusiga ega.

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro turnir Jami
Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma
Celaya F. C.  Meksika 2013-2014 5 - - 4 1 - - - - 9 1 0
2014-2015 3 - - 2 - - - - - 5 0 0
2015-2016 24 1 1 6 - - - - - 30 1 1
2016 18 7 1 1 1 - - - - 19 8 1
Jami 50 8 2 13 2 0 0 0 0 63 10 2
C. F. Pachuca  Meksika 2017 9 1 - - - - 2 - - 11 1 0
Jami 9 1 0 0 0 0 2 0 0 11 1 0
C. Necaxa  Meksika 2017-2018 26 2 6 11 - 1 - 37 2 7
Jami 26 2 6 11 0 1 0 0 0 37 2 7
C. D. Cruz Azul  Meksika 2018-2019 42 4 6 12 2 3 - 54 6 9
2019-2020 27 4 6 - - 27 4 6
2020-2021 34 4 7 - 5 - 1 39 4 8
Jami 103 12 19 12 2 3 5 0 1 120 14 23
Umumiy karyerasida 188 23 27 36 4 4 7 0 1 231 27 32

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Roberto Carlos Alvarado Hernández“. Liga MX. Qaraldi: 2018-yil 3-sentyabr.
  2. „Селая VS. Эстудиантес Текос 1:0“ (en). soccerway.com (2013—09—25). 2018-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-aprel.
  3. „Селая VS. Эстудиантес Текос 0:0“ (en). soccerway.com (2013—09—29). 2020-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-aprel.
  4. „Атлас VS. Селая 0:1“ (en). soccerway.com (2014—02—19). 2020-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-aprel.
  5. „Roberto Alvarado invitado por el Manchester United y Sunderland“ (Spanish). Once Titular (2014-yil 9-noyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-sentyabr.
  6. „Пачука VS. Чьяпас 1:0“ (en). soccerway.com (2017—01—15). 2017-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-aprel.
  7. „Мексика VS. Уругвай 1:4“ (en). soccerway.com (2018-yil 8-sentyabr). 2018-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-noyabr.