Robin Everardus Gosens (1994-yil 5-iyulda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, A Seriyaning „Inter“ klubi va Germaniya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Robin Gosens
Robin Gosens 01 (cropped).jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Robin Everardus Gosens[1]
Tavallud sanasi 5-iyul 1994-yil (1994-07-05) (28 yosh)
Tavallud joyi Emmerich am Rhein, Germaniya
Boʻyi 1.83 m[2]
Ampluasi Chap qanot himoyachisi[3][4]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Inter Milan
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000-2007 Fortuna Elten
2007-2009 1. FC Bocholt
2009-2012 VfL Rhede
2012-2014 Vitesse
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2015 Vitesse 0 (0)
2014-2015Dordrecht (ijara) 47 (3)
2015-2017 Heracles Almelo 60 (4)
2017-2022 Atalanta 121 (25)
2022Inter Milan (ijara) 7 (0)
2022- Inter Milan 3 (0)
Milliy terma jamoa
2020- Germaniya 13 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(26 avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8 sentabr uchun)

Klublardagi faoliyatiTahrirlash

VitesseTahrirlash

Emmerich am Reyn shahrida tugʻilgan Gosens Fortuna Elteni mahalliy klublarida faoliyatini boshlagan[5]. 2012-yil 4-iyulda Vitessening yoshlar tarkibiga qoʻshilgan[6]. 2013-yilning 13-avgustida u klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolaydi[7]. Bungacha u Bundesliga giganti „Borussia Dortmund“ bilan sinov mashgʻulotlarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi[8].

FC Dordrecht (ijara)Tahrirlash

2014-yilning 14-yanvarida Gosens mavsum oxirigacha Dordrext klubiga ijaraga berildi[9]. U professional debyutini uch kundan soʻng SBV Excelsiorga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[10]. Gosens 7-fevral kuni oʻzining birinchi professional golini urdi[11].

2014-yilning 29-mayida Gosensning ijara muddati yana bir yilga uzaytirildi[12] va u Erediviziyadagi debyutini 9-avgustda SC Heerenveenga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[13]. U musobaqadagi ilk golini 20-sentabr kuni „Excelsior“ga qarshi safardagi oʻyinda kiritdi[14].

Heracles AlmeloTahrirlash

2015-yil 4-iyun kuni Gosens Heracles Almeloga oʻtgani eʼlon qilindi[15].

AtalantaTahrirlash

2017-yilning 2-iyunida Gosens Italiyaning „Atalanta“ jamoasiga oʻtgani eʼlon qilindi[16]. 2019-yil 18-sentabrda Gosens Chempionlar ligasidagi debyutini Zagrebning „Dinamo“ siga qarshi oʻtkazdi[17]. 2019-yilning 11-dekabrida u Chempionlar ligasidagi ilk golini safarda Donetskning "Shaxtyor "iga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi[18]. 2020-yil 25-noyabrda u Chempionlar ligasidagi ikkinchi golini Enfildda „Liverpool“ qarshi oʻyinda kiritdi[19].

Gosens oʻzini A Seriyaning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida koʻrsatdi va hujumda ham, himoyada ham oʻzini namoyon qila oldi. 2019-2020 va 2020-2021 mavsumlarida u mos ravishda 10 ta va 12 ta gol urib, „Atalanta“ning mavsumdagi eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻldi.

Inter MilanTahrirlash

2022-yilning 27-yanvarida Milanning „Inter“ klubi Gosensni mavsum oxirigacha ijaraga olganini, agar maʼlum shartlar bajarilsa, sotib olish majburiyatini olganini eʼlon qildi[20].

Xalqaro faoliyatiTahrirlash

2020-yil 25-avgust kuni Gosens Germaniya milliy futbol jamoasi vakili sifatida birinchi chaqiruvini oldi[21]. U 3-sentabr kuni Ispaniyaga qarshi UEFA Millatlar Ligasi 2020-2021 oʻyinida debyut qildi[22].

2021-yil 19-mayda u UEFA Yevro-2020 terma jamoasiga kiritildi[23]. 2021-yil 19-iyunda u Yevro-2020 guruh bosqichida Portugaliya ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi[24].

Shaxsiy hayotiTahrirlash

Gosensning otasi Gollandiyalik, onasi esa Germaniyalik. Shuning uchun ham Gosensda Germaniya va Gollandiya pasportlari mavjud[25].

Faoliyatining statistikasiTahrirlash

KlubTahrirlash

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Dordrecht (ijara) 2013-14 Eerste Divisie 16 1 0 0 - 4 0 20 1
2014-15 Eredivisie 31 2 2 0 - - 33 2
Jami 47 3 2 0 - 4 0 53 3
Heracles Almelo 2015-16 Eredivisie 32 2 3 1 - 3 0 38 3
2016-17 28 2 2 0 2 0 - 32 2
Jami 60 4 5 1 2 0 3 0 70 5
Atalanta 2017-18 Serie A 21 1 2 0 3 1 - 26 2
2018-19 28 3 3 0 5 0 - 36 3
2019-20 34 9 1 0 8 1 - 43 10
2020-21 32 11 5 0 7 1 - 44 12
2021-22 6 1 0 0 2 1 - 8 2
Jami 121 25 11 0 25 4 - 157 29
Inter Milan (ijara) 2021-22 Serie A 7 0 2 1 0 0 - 9 1
Inter Milan 2022-23 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
Jami 10 0 2 1 0 0 0 0 12 1
Faoliyatidagi jami 238 32 20 2 27 4 7 0 292 38

XalqaroTahrirlash

Germaniya
Yil Oʻyinlar Gollar
2020 4 0
2021 9 2
Jami 13 2
.
Yoʻq. Sana Joy Qopqoq Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2021-yil 7-iyun Merkur Spiel-Arena, Dyusseldorf, Germaniya 7   Latviya 1 — 0 7-1 Oʻrtoqlik uchrashuv
2 2021-yil 19-iyun Allianz Arena, Myunxen, Germaniya 9   Portugaliya 4 — 1 4-2 UEFA Yevro 2020

YutuqlariTahrirlash

Inter Milan

  • Italiya kubogi : 2021-2022

Individual

  • A Seriyaning eng yaxshi jamoasi : 2019-2020[26]

ManbalarTahrirlash

  1. „Campionato Serie A TIM 2019/2020: Atalanta B.C. vs S.P.A.L.“ (it). Atalanta B.C. (2020). 28-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-sentabr 2020-yil.
  2. „Robin Gosens“. Atalanta B.C.. 23-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  3. Robin Gosens: The Atalanta Left-Back Set To Make His Mark For Germany
  4. Who is Germany machine Robin Gosens? The most under-paid player in football
  5. „Unlikely hero Robin Gosens shows Germany anything is possible“. The Guardian (19-iyun 2021-yil).
  6. „Robin Gosens wechselt zu Vitesse Arnhem“ (de). FuPa (4-iyul 2012-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2015-yil.
  7. „Nachwuchs-Fußballer Robin Gosens unterschreibt Vertrag bei Vitesse Arnheim“ (de). WAZ (13-avgust 2013-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-yanvar 2015-yil.
  8. „Robin Gosens: "Amateur football is part of my DNA"“. dfb.de (20-dekabr 2020-yil).
  9. „Gosens op huurbasis naar FC Dordrecht“ (nl). Vitesse's official website (14-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2015-yil.
  10. „Boeiende regioderby eindigt onbeslist (1–1)“ (nl). RTV Rijnmond (17-yanvar 2014-yil). 15-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-yanvar 2015-yil.
  11. „FC Dordrecht ruim langs FC Emmen“ (nl). RTV Rijnmond (7-fevral 2014-yil). 9-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-yanvar 2015-yil.
  12. „Robin Gosens en Mo Hamdaoui op huurbasis naar FC Dordrecht“ (nl). Vitesse's official website (29-may 2014-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2015-yil.
  13. „Eredivisie: Heerenveen 1–2 FC Dordrecht“. Total Dutch Football (9-avgust 2014-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2015-yil.
  14. „Rijnmondse streekderby onbeslist“ (nl). Goal.com (20-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2015-yil.
  15. Heracles heeft de smaak te pakken en legt transfervrije Vitessenaar vast (Dutch).
  16. „Robin Gosens all'Atalanta“ (nl). Atalanta's official website (2-iyun 2017-yil). 21-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-iyun 2017-yil.
  17. „Atalanta v Dinamo Zagreb“ (en-GB) (26-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
  18. „Shakhtar Donetsk 0–3 Atalanta“. BBC Sport (11-dekabr 2019-yil).
  19. „Liverpool 0–2 Atalanta“. BBC Sport (25-noyabr 2020-yil).
  20. „Robin Gosens signs for Inter“. Inter Milan (27-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 27-yanvar 2022-yil.
  21. „Germany squad announcement: Atalanta's Robin Gosens wins first call up | DW | 25.08.2020“. DW.COM.
  22. „90.+6! Gaya gleicht erst in der Schlusssekunde aus“ (de). kicker.de (3-sentabr 2020-yil).
  23. „JOACHIM LÖW ANNOUNCES HIS SQUAD FOR EURO 2020“. dfb.de (19-may 2021-yil). Qaraldi: 19-may 2021-yil.
  24. „Gosens inspires resurgent Germany to thrilling 4-2 victory over Portugal“. The Guardian (19-iyun 2021-yil).
  25. „Robin Gosens overweegt voor Nederlands elftal te kiezen“. www.soccernews.nl.
  26. „Gran Galà del Calcio: The winners“. Football Italia (19-mart 2021-yil). Qaraldi: 19-mart 2021-yil.