Rochharzela (talaffuzi: Rocharzela) (1998-yil 15-aprelda tugʻilgan)[1] — hind professional futbolchisi, hozirda Hindiston Superligasining “NorthEast United” klubida va Hindiston terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[2].

Rochharzela
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rochharzela
Tavallud sanasi 15-aprel 1998-yil (1998-04-15) (26 yosh)
Tavallud joyi Mizoram, Hindiston
Boʻyi 1.72 m (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
NorthEast United FC|NorthEast United
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Aizawl U18
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017–2020 Aizawl 28 (7)
2020– NorthEast United 23 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-fevral uchun)

Klub faoliyati tahrir

Aizawl FC tahrir

Hindistonning Mizoram shahrida tug'ilgan Rochharzela 2017-18-yilgi mavsumda I-League klubi Aizawl FCning kattalar safida debyut qildi[3].

2019-20-yilgi mavsumda Rochharzela Aizawl futbol klubining eng yaxshi to'purari bo'ldi va mavsum davomida hindistonlik bo`lib gol urgan eng yaxshi gol muallifi bo'ldi[4]. Rochharzela Aizawl jamoasi safida Meyson Robertson va Callum Higginbotem jamoalariga qarshi o`yinlarda gol urganib jamoasiga diviziyada o`rinini mustahkamlab olishga yordam berdi. U, shuningdek, 2:0 hisobida oldinda bo'lgan "Real Kashmir"ga qarshi o'yinda jamoasiga durang qayd etishga yordam berdi. Rochharzelaning goli jamoaga o'yinni yakuniy 2:2 hisobida yakunlashiga yordam berdi[5].

Rochharzela, shuningdek, Mizoram Premer-ligasida klub uchun ham o'ynaydi va 2017-18 mavsumida Mizoram premer-ligasida "yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi" deb topildi.

NorthEast United tahrir

2020-yilda Rochharzela Hindiston Superligasining "North East United" klubiga uch yillik shartnoma asosida qo'shildi. Rochharzela Hindiston Superligasining 2020/21-yilgi mavsumida 12 ta o'yinda 1 ta gol urdi.

Rochharzela Hindiston Superligasining 2021-22-yilgi mavsumidagi birinchi o'yinini 2021-yil 20-noyabrda, 2:4 hisobida mag'lubiyat bilan yakunlangan o'yinning 66-daqiqasida VP Suhair o'rniga o'ynadi[6]. Rochharzela 4-dekabr kuni "North East United" uchun "Goa"ga qarshi o'yinda (2:1) gol urdi[7].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil 22-fevral holati[8]
Klub Mavsum Liga Kubok AFC Jami
Diviziya O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar
Aizawl 2017–2018 I-liga 7 0 0 0 1 0 8 0
2018–2019 6 1 0 0 - 7 1
2019–2020 15 6 0 0 - 15 6
NorthEast United 2020–2021 Hindiston Superligasi 12 1 12 1
2021–2022 11 1 0 0 11 1
Karyera jami 51 9 0 0 1 0 52 9

Manbalar tahrir

  1. „ESPNFC: Soccer Rochharzela Rochharzela“ (EN). m.espn.com. Qaraldi: 2021-yil 7-noyabr.
  2. „ISL 2021-22 Live Score and Updates, NorthEast United vs FC Goa: Khassa Camara Scores a Beuaty; NEUFC 2-1 FCG“. News18 (2021-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  3. Sayak Dipta Dey. „I-League 2017/18 : What does the season have in store?“ (en). sportskeeda.com (2017-yil 17-noyabr). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
  4. „Indian I-League Scoring Stats - 2019-20“ (en). www.sportskeeda.com. Sony ESPN. Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
  5. Anselm Noronha. „Rochharzela brace helps Aizawl steal a point from Real Kashmir“ (en). www.goal.com. Goal. Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
  6. „BFC VS NEUFC 20 November 2021“. Indian Super League (2021-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
  7. „ISL 2021-22 Live Score and Updates, NorthEast United vs FC Goa: Charra and Khassa Camara Scores for NorthEast United; NEUFC 2-1 FCG“. News18 (2021-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 18-yanvar.
  8. Rochharzela Soccerway saytida