Rodion Tolmachyov

rossiyalik fagotchi, Mariinsk teatri simfonik orkestri yakkaxoni (solisti). Xalqaro va butunrus tanlovlari sovrindori

Rodion Valentinovich Tolmachyov (1978-yil 30-iyul, Andijon,Oʻzbekiston SSR) — rossiyalik fagotchi, Mariinsk teatri simfonik orkestri yakkaxoni (solisti). Xalqaro va butunrus tanlovlari sovrindori[1][2].

Rodion Valentinovich Tolmachyov
ruscha: Родион Валентинович Толмачёв
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 30-iyul 1978-yil (1978-07-30) (45 yosh)
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi musiqachi
Guruh Mariinsk teatri
Janr klassik musiqa

Tarjimayi holi tahrir

Rodion Tolmachyov 1978-yil 30-iyul kuni Andijon viloyati, Andijon shahrida tavallud topgan. 6 yoshidan boshlab musiqa bilan shugʻullana boshlaydi. 19931996-yillarda Andijon musiqa bilim yurtida fortepiano va fagot yoʻnalishida tahsil ogan. 19961997-yillarda Toshkent shahridagi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida fagot yoʻnalishida oʻqishini davom ettirgan. 1998-yilda Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtganidan soʻng, Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov nomidagi Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasida professor Kirill Sokolov qoʻl ostida musiqadagi oʻqishin davom ettiradi. 2003-yilda ushbu konservatoriyani tugatadi[1][2].

20042006-yillari Hochschule für Musik, Theater und Medien Hannover (tarjimasi „Gannover musiqa, teatr va media oliy maktabi“) da professor Dag Jensen (talaffuzi: Dag Yensen) qoʻl ostida stajirovka oʻtaydi[2][3]. 20082011-yillarda Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasi assistent stajirovkasini oʻtagan.

2003-yildan Mariinsk teatri simfonik orkestri solisti, shunigdek, Mariinsk teatrining duxovoy kvinteti ishtirokchisi hamda 2020-yildan Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasida oʻqituvchi boʻlib faoliyat koʻrsatadi[4].

2010-yilda Valeriy Gergiyev dirijyorligidagi „World Orchestra of Peace“ (tarjimasi „Xalqaro tinchlik orkestri“) aʼzoligiga taklif qilingan[3]. Rodion Tolmachevning yakkaxon repertuarlari barokko konsertlari, XX asrning virtuoz kompozitsiyalarini oʻz ichiga oladi[4].

2014-yilda Buyuk Britaniyaga qilgan gastrol safarida Londondagi „Barbican Hall“ (talaffuzi: Barbikan zali) da chiqish qilgan. 2012-yilda Germaniyaning „Dobringen und Grimm“ ovoz yozish firmasi Tolmachyovning fransuz kompozitorlarining musiqiy asarlarini fagotda ijro etgan musiqiy diskini chiqaradi[1].

2017-yildan beri Tolmachyov Rossiya milliy yoshlar simfonik orkestri va „The Orchestra of the Americas“ bilan hamkorlik qilib, murabbiy sifatida mahorat darslari oʻtib kelmoqda[4].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Родион Толмачёв“ (rus tilida). 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Толмачёв, Родион Валентинович“ (rus tilida) (2021-yil 26-fevral). 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  3. 3,0 3,1 „Родион Толмачёв“ (rus tilida). 2022-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Толмачёв Родион“. 2021-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.