Rodolfo Cota
Rodolfo Cota Robles (1987-yil 3-iyulda tugʻilgan) - meksikalik professional futbolchi, Liga MX chempionatidagi Leon klubida va Meksika terma jamoasida darvozabon sifatida faoliyat yuritadi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rodolfo Cota Robles[1] | ||
Tavallud sanasi | 3-iyul 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Mazatlán, Sinaloa, Meksika | ||
Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | León | ||
Raqami | 30 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007–2018 | Pachuca | 74 | (0) |
2014–2015 | → Puebla (loan) | 31 | (0) |
2015–2018 | → Guadalajara (loan) | 88 | (0) |
2018– | León | 153 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2007 | Meksika U20 | 1 | (0) |
2017– | Meksika | 8 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (8-oktabr 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-iyun 2022-yil uchun) |
Klubdagi karyerasi
tahrirPachuca klubi
tahrirCota 2007-yilning 21-sentabrida "Pachuca"da "Veracruz" ga qarshi oʻyinda ilk professional debyutini amalga oshirgan.
Puebla klubi
tahrir2014-yilda Cota Puebla klubida ijara shartnomasi asosida oʻynashini e'lon qiladi. U ushbu klubda "Tijuana"ga qarshi oʻyinda debyut qildi va 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[2]. 2015-yil aprel oyida u Gvadalaxarani magʻlub etib Copa MX chempionligini qoʻlga kiritdi[3].
Gvadalaxara klubi
tahrir2015-yil 11-iyunda Gvadalaxara klubi darvozabon Luis Ernesto Mishelni Dorados de Sinaloa klubiga sotib yuborganidan soʻng, Xose Antonio Rodriges bilan raqobat yaratish uchun Cotani ijaraga olganini e'lon qildi. Cota Copa MXdagi oʻyinlaridan soʻng tezda birinchi tanlov darvozaboni sifatida namoyon boʻldi, U Copa MX finalida Monarkas Moreliani magʻlub etib chempion boʻldi va klubning Tigres UANLga qarshi oʻn ikkinchi Liga MX chempionligida asosiy figuraga aylandi[4][5]. U oʻsha mavsum turnirining eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi va muvaffaqiyatli oʻtkazgan mavsumi uchun "Oltin qoʻlqop" sovrinini qoʻlga kiritdi[6].
Keyingi mavsumda u yana iste'dodli darvozabon ekanligini isbotladi, chunki Gvadalaxara 2018-yilgi CONCACAF Chempionlar ligasida Oliy Liga futbol klubi boʻlgan Toronto FCga qarshioʻyinda gʻalaba qozondi, soʻng esa u yana bir bor turnirning Oltin qoʻlqopiga sazovor boʻldi va eng yaxshi 11 futbolchi roʻyxatiga kiritildi.
Leon klubi
tahrir2018-yil 16-mayda Cota Pachukaning ukasi Leoning klubiga ijaraga berildi.
Cota 2020-yil 22-fevral kuni Nekaxa klubiga qarshi oʻyinda Meksikada ayollar oʻlimiga qarshi norozilik bildirish uchun ularni ramzi tushirilgan forma kiygan edi. Shuningdek koʻylakda Meksika xaritasi koʻrinishida qonga belanib yotgan ayol qiyofasi bor edi. Ushbu hatti harakati uchun Cota uchta oʻyinga diskvalifikatsiya qilinishi va 300 000 MXN (15 000 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin edi.
Xalqaro karyera
tahrirYoshlar futboli
tahrirCota 2007-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Kattalar futboli
tahrir2016-yil sentabrida Cota bosh murabbiy Xuan Karlos Osorio qoʻl ostida oktabr oyida Yangi Zelandiya va Panamaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga birinchi marta terma jamoaga chaqiruv oldi.
Cota 2017-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan FIFA Konfederatsiyalar kubogining dastlabki roʻyxatiga Xose de Xesus Koronaning oʻrniga jarohat olgani uchun kiritilgan edi. Darvozabon 2017-yilning 1-iyunida Nyu-Jersidagi MetLife stadionida Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi va oʻyin 3:1 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlandi.[7]
Cota keyinchalik Meksikaning keyingi turniri uchun yakuniy roʻyxatiga kiritildi[8]. 2022-yil oktyabr oyida Cota Meksikaning 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun dastlabki 31 kishilik tarkibiga kiritildi va noyabr oyida u yakuniy 26 kishilik roʻyxatga ham kiritildi[9].
Karyera statistikasi
tahrirXalqaro musobaqalarda ishtiroki
tahrirMeksika | |||||
---|---|---|---|---|---|
Yil | Oʻyinlar | Gollar | |||
2017 yil | 1 | 0 | |||
2018 | 1 | 0 | |||
2019 | 1 | 0 | |||
2020 | 1 | 0 | |||
2021 yil | 2 | 0 | |||
2022 | 2 | 0 | |||
Jami | 8 | 0 |
Yutuqlar:
tahrirPuebla klubi bilan
- Copa MX: Clausura 2015[10].
Gvadalaxara klubi bilan
- Liga MX: Clausura 2017[11]
- Copa MX: Apertura 2015,[12] Clausura 2017[13]
- Supercopa MX: 2016[14]
- CONCACAF Chempionlar Ligasi: 2018[15]
Leon klubi bilan
- Liga MX: Guardianes 2020
- Ligalar kubogi: 2021
Individual sovrinlar:
- Liga MX Oltin qoʻlqop: 2016–2017[16]
- Liga MX Best XI: Clausura 2017[6]
- CONCACAF Chempionlar Ligasi Oltin qoʻlqop: 2018[17]
- CONCACAF Chempionlar ligasining eng yaxshi oʻyinchisi: 2018[18]
Manbalar:
tahrir- ↑ „FIFA U-20 World Cup Canada 2007 – List of Players“. FIFA (2007-yil 5-iyul). 2013-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Tijuana vs. Puebla - Reporte del Partido - 18 julio, 2014 - ESPN“. ESPN.cl.
- ↑ „Puebla 4-2 Chivas: Cuauhtémoc se retira como campeón de Copa MX“. TUDN.
- ↑ „Comunicado de Prensa (Rodolfo Cota)“. www.chivasdecorazon.com.mx.
- ↑ Sunderland. „Chivas Win 12th Liga MX Championship After Beating Tigres 4-3 on Aggregate“. Bleacher Report (2017-yil 29-may).
- ↑ 6,0 6,1 „Chivas y Tigres dominan el 11 ideal del Clausura 2017“. MARCA Claro México (2017-yil 31-may).
- ↑ „Cota, Hernandez thrilled with Mexico debuts“. Goal.com (2017-yil 1-iyun).
- ↑ „Los 23 de Osorio para la Confederaciones“ (es). Marca (2017-yil 8-iyun). Qaraldi: 2018-yil 10-oktyabr.
- ↑ Moro. „Lista de convocados de la Selección Mexicana al Mundial de Qatar 2022“ (Spanish). Tvazteca.com (2022-yil 14-noyabr).
- ↑ Univision. „Puebla 4-2 Chivas: Cuauhtémoc se retira como campeón de Copa MX“. Univision.
- ↑ „Regresó el Gigante“. chivasdecorazon.com.mx (2017-yil 28-may). 2020-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-may.
- ↑ „¡CHIVAS CAMPEÓN DE LA COPA MX APERTURA 2015!“. chivasdecorazon.com.mx (2015-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 5-noyabr.
- ↑ „Hace historia en la Copa“. chivasdecorazon.com.mx (2017-yil 19-aprel). Qaraldi: 2017-yil 19-aprel.
- ↑ „¡Chivas Campeón de la SuperCopa MX!“. chivasdecorazon.com.mx (2016-yil 10-iyul). Qaraldi: 2016-yil 10-iyul.
- ↑ „¡CAMPEONES DE CONCACAF!“. chivasdecorazon.com.mx (2018-yil 25-aprel). Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
- ↑ „Chivas y Almeyda acapararon el Balón de Oro“ (es). MedioTiempo.com (2017-yil 16-iyul).
- ↑ „Golden Glove“. CONCACAF.com (2018-yil 25-aprel). 2018-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.
- ↑ „2018 SCCL - Best XI“. CONCACAF. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-aprel.