Rodoxrozit
Rodoxrozit (grekcha: „rhodon“ — atirgul, grekcha: „chrosis“ — rang), marganesli shpat — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi MpSO3. Trigonal singoniyada kristallanadi. Rangi turli qoʻshimchalar borligi tufayli toʻq binafshadan och sargish, kulranggacha oʻzgaradi, oksidlanganda qoʻngʻir tusga oʻtadi. Asosan, yarim shaffof, baʼzan shaffof boʻladi. Yaltiroqligi shishaga oʻxshash, sadafeimon. Qattiqligi 3,5-4. Zichligi 3700 kg/m³. Moʻrt. Rodoxrozit koʻpincha dengizlarda choʻkindi yoʻl bilan hosil boʻlgan marganets konlarida, baʼzan oʻrtacha trali polimetall va past trali oltinpolimetall konlarda uchraydi. Rodoxrozit, asosan, marganets rudalari tarkibiga kiradi. Sanoat ahamiyatiga ega. Yumshoqligiga qaramasdan baʼzi shaffof turlari zargarlikda va bezaktosh sifatida qoʻllanadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |