Roman Tkachuk
Roman Denisovich Tkachuk (1932.31.8—1994.9.1, Moskva) — aktyor, rejissor Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1955). 1953—58 yillar Turkiston harbiy okrugi drama teatrida, 1958—65 yillar rus akademik drama teatrida, 1965-yildan Moskva Satira teatrida ishlagan. Sahnada yaratgan Prisipkin ("Qandala"), Klim Samgin ("Boʻmboʻsh qalb tarixi"), Bolaganov ("Oltin buzoqcha"), Raskolnikov ("Jinoyat va jazo"), Hidoyatxon ("Maysaraning ishi"), Todoros ("Yolgʻonchi darkor"), Azamat ("Nomaʼlum kishi"), Samed ("Romeo, mening qoʻshnim"), Chasovnikov ("Dengiz") kabi obrazlari bilan tanilgan. "Ajoyib qotishma" (V.Kirshon), "Oy sonatasi" (A.Tur), "Yolgʻonchi darkor" (D.Psafas) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.[1]
Roman Tkachuk | |
---|---|
Tugʻilgan sanasi | 31-avgust 1932 |
Vafot sanasi | 10-yanvar 1994 |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |