"Timeless 3: Zumrad kitobi" - (nemischa nomi: Smaragdgrün) Kerstin Geer trilogiyasi syujeti asosida shahar fantaziyasi, melodrama va xrono-fantastika elementlaridan iborat nemis ilmiy-fantastik filmining yakuniy qismidir. Ushbu film „Timeless“ turkumli kitoblarning soʻnggisi va ularning davomidir.

Timeless 3. Zumrad kitobi
Smaragdgrün
Rejissyor(lar) Feliks Fuksshtayner
Katarina Shyode
Prodyuser(lar) Devid Teylor
Ssenariynavis(lar) Katarina Shyode
Feliks Fuksshtayner
Barri Tomson
Rollarda Mariya Erix
Yanis Nivener
Veronica Ferres
Laura Berlin
Bastakor(lar) Filipp Fabian Kyolmel
Studiya(lar) «Caravella DDC»
Distribyutor Disney+
Chiqarilgan sanasi 2016-yil
Davomiyligi 113 min.
Mamlakat  Germaniya
Til nemischa

Mazmuni tahrir

Yuragi singan va his-tuygʻulari oyoq osti qilingan boʻlsa, nima qilish kerak? Eng yaqin doʻstibilan soatlab telefonda gaplashsinmi? Shokolad yeb, yotoqda yotsinmi, koʻz yosh toʻksinmi? Afsuski, Gvendolinning bunga vaqti yoʻq. Buning sababi, hayotining oʻn yettinchi yilida u tasodifan vaqt sayohatchisining geniga egalini bilib qoladi. Uning boshi tushunarsiz va anglab boʻlmas yangoiliklardan aylanmoqda: xronograf, qon doirasi, oʻn ikki sir, barcha otishmalar va kechalar, janglar va oʻtmishning qorongʻu labirintlari boʻylab sayohatlar va endi uning ortida boshqa birov borligi va u haqiqatan ham yagona narsa omon qolishni oʻylashiga toʻgʻri keladi! Barcha mavzular oʻtmishga, yaʼni abadiyat manbaini olish uchun xavfli oʻyin oʻynaydigan sirli Graf Sen-Jermenga olib boradi...

Film syujeti Gvendolinning Gideondan koʻngli qolish qismlaridan boshlanadi: Gideonning sevgi izhori - bu Graf Sent-Jermen uchun oʻyin-kulgu sifatida koʻriladi. Bir necha vaqt sayohatchilarining kelajagini Graf oʻtmishdoshlari oldiga sayohat qilib yoʻq qiladi. Ammo keyinchalik tushunarsiz bir narsa sodir boʻladi va Gvendolinning dunyosi yana ostin-ustun boʻladi. Yoshlar oʻtmish sari umidsiz sayohatga otlanishadi. Toʻplar, taʼqiblar - bu qahramonlarni kutayotgan narsa edi. Ammo eng muhim savol shuki: Gvendolinning singan yuragi qayta tiklanishi mumkinmi?[1]

Relizi tahrir

Film ilk bor 2016-yil 24-iyun kuni Myunxen xalqaro kinofestivalida namoyish etiladi. 7-iyul kuni filmning premyerasi butun Germaniya boʻylab boʻlib namoyish etilishni boshlaydi. Iyul oyi davomida film ham ekranlarga chiqadi[2]. Filmning bosh aktyorlarini, jumladan, Mariya Erix, Yanis Nivener va Laura Berlinlar ijro etishadi[3].

Suratga olish ishlari tahrir

2015-yilning 14-aprelidan 14-iyuniga qadar Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Turingiya, Bavariya va Shotlandiyada trilogiyaning yakuniy qismlari suratga olinadi. Soʻnggi filmning byudjeti 750 000 yevroni tashkil etadi.

Rollarda tahrir

Rol Aktyor (aktrisa)
Gvendolin Sheferd Mariya Erix
Gideon de Villier Janis Nivener
Graf Sent-Jermen Piter Simonishek
Sharlotta Montrouz Laura Berlin
Lyusi Montrouz Jozefina Preuss
Pol de Viller Florian Bartolomey
Folk de Viller Uve Kokisch
Arista xonim Gerlinde Loker
Meddi buvi Katarina Talbax
Greys Sheferd Veronika Ferres
Rafael Bertelin Lion Vazchik
Lesli Xey Jennifer Lotsi
Rossini xonim Justina del Korte
Arvoh Jeyms Kostya Ulmann
Amelia xonim Emiliya Shule
Leopold Marley Frederik Valter

Mukofotlar va nominatsiyalar tahrir

Mukofotlar va nominatsiyalar
Sovrin Yil Turkum nomzod Natija
Yupiter mukofoti 2017 Eng yaxshi milliy aktyor Janis Nivener Nominatsiya

Ishlab chiqaruvchi tashkilot tahrir

  • Ishlab chiqarish: Lieblingsfilm GmbH
  • Qoʻshma ishlab chiqarish: mem-film GmbH, Geißendörfer Film- und Fernsehproduktion KG, Tele München Fernseh GmbH & Co. Produktionsgesellschaft
  • Efirga tarqatilishi: Concorde Filmverleih
  • Toʻplam dizayni: Ralf Shrek
  • Garderob: Aleksandr Beck
  • Pardozchi: Anette Keiser, Niciy Axt, Rene Jordan
  • Tahrirlovchi: Nikol Kortlüke
  • Soundtrack: Filipp F. Kölmel
  • Ovozlashtiruvchi: Magnus Pflüger

Manbalar tahrir

  1. „Emerald green“. 2022-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  2. „Smaragdgrün“ (de). Smaragdgruen. 17-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2016-yil.
  3. „Timeless 3“. 2022-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar tahrir