Rustam Abdurasulov
Rustam Abduraimovich Abdurasulov (1962-yil 14-avgust, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, psixologiya fanlari doktori, professor.
Rustam Abdurasulov | |
---|---|
Tavalludi |
14-avgust 1962-yil Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Sohasi | psixologiya |
Ish joylari | Jizzax davlat pedagogika instituti |
Taʼlimi | Jizzax davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | psixologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirRustam Abdurasulov 1962-yil 14-avgust Jizzax viloyatida tugʻilgan. 1979—1983-yillarda Jizzax davlat pedagogika institutida oʻqigan. Mehnat faoliyatini 1983-yilda Jizzax shahar „Yosh kuch“ koʻngilli sport jamiyati instruktori vazifasidan boshlagan. 1985-yilda Jizzax viloyat „Yosh kuch“ koʻngilli sport jamiyati katta instruktori, 1986—1996-yillarda Jizzax viloyat pedagoglarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti „Jismoniy tarbiya“ kabineti mudiri, 1996—2004-yillarda Jizzax viloyat pedagog xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti „Pedagogika-psixologiya“ kafedrasining mudiri, 2004—2005-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti „Yoshlar pedagogikasi va psixologiyasi“ kafedrasi dotsenti, 2005—2007-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya, musiqa boʻlimi oʻquv ishlari boʻyicha boʻlim boshligʻi oʻrinbosari va „Maktabgacha taʼlim nazariyasi va uslubiyati“ kafedrasi dotsenti, 2007—2008-yilda „Defektologiya, maxsus psixologiya nazariyasi va texnologiyalari“ kafedrasi dotsenti, 2009—2011-yillarda Jizzax viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori, 2011—2013-yillar Jizzax davlat pedagogika instituti „Maktabgacha taʼlim nazariyasi va uslubiyati“ kafedrasi mudiri, 2013—2016-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti „Pedagogika-psixologiya“ fakulteti dekani, 2016—2019-yillarda Jizzax viloyat xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Pedagogika va psixologiya, taʼlim menejmenti kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2019-yildan beri Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi professori[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirOlim 100 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlar, 2 ta monografiya va 7 ta metodik qoʻllanma, „Maktabda psixologik xizmat“ (1999), „Shaxs psixodiagnostikasi“(2000) „Maktab psixologining kundalik kitobi“(2005), „Boshqaruvga oid psixologik tavsiyalar“ (2013), „1001 savolga psixologning 1001 javobi (hammualliflikda)“ (2014, 2023) kabi uslubiy qoʻllanmalar, „Sharq yakka kurashi va shaxs takomili“ (2008), „Oʻquvchi shaxsini shakllantirishda sport mashgʻulotlarining oʻrni“ (2013) muallifidir. 1991-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1]..