Rustem Abduramanovich Seitmemetov (1973-yil 28-mart; Charxin, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — jamoat arbobi. Millati — qrim-tatar. Rossiya tomonidan ishgʻol qilingan Qrim hokimiyati tomonidan taʼqib qilingan[1].

Rustem Seitmemetov
Rustem Abduramanovich Seitmemetov
Tavalludi 28-mart 1973-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ukraina bayrogʻi Ukraina
Kasbi Jamoat arbobi, oʻqituvchi, ishchi
Turmush oʻrtogʻi Zera Seitmemetova
Bolalari 2

Hayoti

tahrir

Seitmemetov Rustem Abduramanovich 1973-yil 28-martda Samarqand viloyatining Charxin qishlogʻida tugʻilgan, I.Stalin buyrugʻi bilan amalga oshirilgan qrim-tatarlar deportatsiyasidan keyin ota-onasi Samarqandda yashagan[1].

1988-yilda Rustem Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi 55-sonli oʻrta maktabni tamomlagan. 1991-yilda Samarqand shahar pedagogika institutiga oʻqishga kirib, uni 1997-yilda tamomlagan. Institutni tugatgandan soʻng, u ikki yil maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Undan soʻng biroz muddat Portugaliyada, „Sanitana“ keramik lavabolar ishlab chiqarish ustaxonasida ishlagan. 2006-yildan boshlab Rustem Seitmemetov Qrimda doimiy yashab, qurilishda ishchi boʻlib ishlagan[1].

Taʼqib

tahrir

2020-yil 11-mart kuni FSB xodimlari Baxchisaroy tumanida keng koʻlamli reydlar oʻtkazdi[2]. Seytumerovlar oilasida aka-uka Seytumer va Usmon Seytumerovlar[3] hamda ularning amakisi Rustem Seitmemetovlar uyi ham tintuv qilindi[4]. Qarindoshlarning barchasi bir kunda hibsga olingan. 12-mart kuni Simferopolning Kiyev tuman sudi Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan Hizb ut-Tahrir siyosiy tashkilotida ishtirok etganlikda gumon qilinganligi sababli ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.5-moddaning 2-qismi „Terroristik tashkilot faoliyatida ishtirok etish“)[5]. Faollarni 20 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda[6].

Rustem Seitmemetovning rafiqasi advokatiga kvartirani tintuv qilish chogʻida FSB xodimlari u yerga kitob tashlab qoʻyishganini maʼlum qildi[7].

Oilasi

tahrir

Rustem Seitmemetov uylangan, oilali. Xotini- Zera; ikki voyaga yetmagan qizi – Bahiye va Beyan[8].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir