Ryan Christie (talaffuzi: Rayan Kristi) 1995-yil 22-fevralda Shotlandiyaning Inverness shahrida tugʻilgan. Shotlandiyalik futbolchi „Bornmut“ va Shotlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi. 2020-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.

Ryan Christie Futbol
Umumiy maʼlumotlar
Tugʻilgan 22-fevral 1995(1995-02-22)-yil(27 yosh)

Shotlandiya, Buyuk Britaniya
Fuqaroligi Flag Shotlandii Shotlandiya
Boʻyi 178 sm
Vazni 79 kg
Pozitsiyasi yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Anglii Bornmut
Raqib 10
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Ryan Christie oʻz shahrining „Inverness Caledonian Thistle“ klubini tugatgan. 2013-yilning 29-dekabrida u Shotlandiya Premer-ligasidagi debyutini „Celtik“ga qarshi o‘tkazdi[1]. „Motherwell“ga qarshi, Ryan Christie „Inverness Caledonian Thistle“ uchun birinchi golini urdi. 2015-yilda u klubga Shotlandiya kubogini yutishda yordam berdi. Oʻsha yozda Ryan Christie yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi va „Celtik“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi, ammo keyingi olti oyni „Inverness“da ijarada oʻtkazgan[2]. 2016-yil boshida Ryan Christie „Celtik“ning toʻlaqonli futbolchisiga aylandi. 23-yanvar kuni „St Johnstone“ qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[3]. 15-may kuni „Motherwell“ga qarshi oʻyinda Ryan Christie „Celtik“ safida birinchi golini urdi[4].

2017-yil boshida Ryan Christie „Aberdin“ga ijaraga oʻtdi[5]. 27-yanvar kuni u yangi jamoasi safida „Dundee“ga qarshi debyut qildi[6]. 4-fevral kuni „Partik Thistle“ga qarshi oʻyinda Ryan Christie „Aberdin“ uchun birinchi golini urdi[7]. Yozda uning ijara muddati uzaytirildi[8].

2018-yilning yozida Ryan Christie ijara muddati tugaganidan keyin „Celtik“ga qaytdi. 2019-yilda Yevropa ligasi doirasida Fransiyaning „Renn“ va Italiyaning „Latcio“ klublariga qarshi o‘yinlarda u 3 ta gol urdi[9][10][11]. Klub tarkibida Ryan Christie uch marta Shotlandiya chempioniga aylandi. 2021-yilning yozida Ryan Christie Angliyaning „Bornmut“ klubiga oʻtib, 3 yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 1,5 mln. funt hisoblangan[12][13]. U chempionatdagi debyutini „Barnsli“ga qarshi oʻtkazdi.

Xalqaro faoliyati tahrir

2017-yil 9-noyabr kuni Ryan Christie Shotlandiya terma jamoasi Gollandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[14]. 2019-yilning 16-noyabr kuni 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida Kipr terma jamoasiga qarshi bahsda Ryan Christie milliy terma jamoadagi ilk golini urdi[15].

2021-yilda Ryan Christie Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Chexiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[16].

Shotlandiya jamoasidagi gollari tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2019 yil 16 noyabr GSP, Nikosiya, Kipr   Kipr 0: 1 1: 2 2020-yilgi Yevropa chempionati saralashi
2. 4-sentabr, 2020-yil Hampden Park, Glazgo, Shotlandiya  Isroil 1 :0 1 :1 UEFA Millatlar ligasi 2020/2021
3. 7 sentyabr, 2020 yil Andruw, Olomouc, Chexiya   chex 1: 2 1: 2 UEFA Millatlar ligasi 2020/2021
4. 12-noyabr, 2020-yil Raiko Mitich, Belgrad, Serbiya  Serbiya 0: 1 1: 1 2020-yilgi Yevropa chempionati saralashi

Manbalar tahrir

  1. „Инвернесс Каледониан Тисл VS. Селтик 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 29-dekabr). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
  2. „Ryan Christie: Celtic agree four-year deal for Inverness player“. BBC News (2015-yil 1-sentyabr). 2015-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-sentyabr.
  3. „Селтик VS. Сент-Джонстон 3:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 23-yanvar). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
  4. „Селтик VS. Мотеруэлл 7:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 15-may). 2020-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
  5. Jackson, Keith. „Celtic starlet Ryan Christie joins Aberdeen on loan until end of the season“. Daily Record. Trinity Mirror (2017-yil 24-yanvar). 2017-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-yanvar.
  6. „Абердин VS. Данди 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 27-yanvar). 2017-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
  7. „Абердин VS. Партик Тисл 2:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 4-fevral). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
  8. „Jonny Hayes: Celtic sign winger as Ryan Christie returns to Aberdeen on loan“. BBC Sport (2017-yil 17-iyun). 2017-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-iyun.
  9. „Ренн VS. Селтик 1:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 19-sentyabr). 2021-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  10. „Селтик VS. Ренн 3:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 28-noyabr). 2021-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  11. „Селтик VS. Лацио 2:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 24-oktyabr). 2021-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  12. „Christie completes Cherries transfer“. AFCB. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  13. „Transfer news: Celtic's Ryan Christie joins Bournemouth“ (en). Sky Sports. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  14. „Шотландия VS. Нидерланды 0:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 9-noyabr). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
  15. „Кипр VS. Шотландия 1:2“ (en). soccerway.com (2019-yil 16-noyabr). 2021-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  16. „Шотландия VS. Чехия 0:2“ (en). soccerway.com (2021-yil 14-iyun). 2021-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.