Malika Rym Ali[1] (qizlik familiyasi Rym Brahimi; 1969-yilda tugʻilgan) – Iordaniya shahzodasi Ali bin Husseinning jazoirlik rafiqasi boʻlib, shahzoda Rym Ali bilan 2004-yil 7-sentyabrda turmush qurgan[2]. Rym Alining kasbi jurnalistdir.

Rym Ali
Tavalludi 1969-yil
Qohira, Misr
Fuqaroligi Iordaniya bayrogʻi Iordaniya
Kasbi Jurnalist
Turmush oʻrtogʻi Ali bin Hussein
Otasi Lakhdar Brahimi
Onasi Mila Bacic

Hayoti

tahrir

Rym Ali Jazoir Respublikasining sobiq tashqi ishlar vaziri va Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuqori lavozimli amaldori boʻlgan Lakhdar Brahimi[3] va xorvat-arman millatiga mansub Mila Bacicning qizi. Rym Ali Buyuk Britaniya va Jazoirda oʻsib-ulgʻaygan boʻlib, Fransiya va Amerika Qoʻshma Shtatlarida taʼlim olgan.

Taʼlimi

tahrir

Rym Ali Parijdagi Sorbonne universitetida geografiya boʻyicha bakalavr va ingliz adabiyoti boʻyicha magistr darajasini olgan, 1991-yilda Parijdagi d’Études Politiques de Paris institutida siyosatshunoslik boʻyicha fan nomzodi[4], 1994-yilda Kolumbiya universiteti jurnalistika oliy maktabining xalqaro jurnalistika boʻyicha magistr darajasi olgan[5]

Faoliyati

tahrir

Shahzoda Aliga turmushga chiqishdan oldin malika Rym xalqaro teleradiokompaniyalar, jumladan CNN telekanalida ishlagan. Avval u yerda 1998-yilda prodyuser sifatida va keyinchalik 2001-yildan 2004-yilgacha Bagʻdod muxbiri sifatida ishlagan. Rym Ali BBC, Dubai TV, Bloomberg TV, Radio Monte-Carlo Moyen-Orient va United Press International-UPIda ham ishlagan.

Rym Ali 2005-yil iyulidan beri Iordaniya qirollik kino komissiyasining Ijrochi komissari[6]. Rym Ali „Jordan Media Institute“ notijorat muassasasining asoschisidir[7][8]. Shuningdek, 2017-yildan beri „Amman xalqaro kinofestivali“ („AIFF“) prezidenti[9].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Rym va Shahzoda Alining ikki farzandi bor boʻlib, malika Jalila bint Ali hamda Shahzoda Abdulla bin Alidir. Ular farzandlari bilan birga Ammanda istiqomat qilishadi.

Manbalar

tahrir
  1. „Statement from the Royal Hashemite Court“. The Royal Hashemite Court (2023-yil 1-iyun). Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
  2. „Jordan's Prince Ali to wed CNN reporter“. hellomagazine.com. Qaraldi: 2014-yil 23-oktyabr.
  3. „The Hashemite Kingdom of Jordan“. 2008-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-noyabr.
  4. „Board of Commissioners“. Royal Film Commission (Jordan). Qaraldi: 2008-yil 28-noyabr.
  5. „Her Royal High Princess Rym Al Ali“. HRH Princess Haya Bint Al Hussein. 2008-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-noyabr.
  6. „Mr. Shigenobu Kato, Ambassador of Japan, delivered a speech at the graduation ceremony of the animation workshop on 27 January 2008“. Embassy of Japan in Jordan. Qaraldi: 2008-yil 2-noyabr.
  7. „Founder“ (en). Jordan Media Institute (2018-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
  8. „New Projects Submitted to the IPDC“. IPDC Bureau. Qaraldi: 2008-yil 28-noyabr.
  9. „Curtains to go up on Amman International Film Festival-Awal Film on August 23“. Jordan Times (2020-yil 19-avgust).

Havolalar

tahrir