Laktoza
(S12n22opdan yoʻnaltirildi)
Laktoza (lakt...), sut qandi, S12N22OP — disaharidlar guruhiga mansub uglevod, D- glyukoza va D- galaktozalar qoldiqlaridan hosil boʻlgan. Optik faol; mol. m. 342,3. Ona sutida — 5—8%, sigir sutida — 4—e5% Laktoza bor. Laktoza — oq kristall modda, taʼmi shirin, suvda yaxshi eriydi. Kislotalar bilan gidrolizlanganda va laktaza taʼsirida glyukoza va galaktozata parchalanadi. Kaytarilish xususiyatiga ega, bijgib sut kislotasini hosil qiladi, shu bois sut mahsulotlari tayyorlashda Laktoza qoʻl keladi. Sut yogʻi va oqsili ajratilgach, zardobidan Laktoza olinadi. Oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va bakteriologiyada (oziq muhitlar tayyorlashda) ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |