SHAREit
SHAREit (xitoycha „众联极享“, oʻzbekcha tarjimasi „baham koʻr“) — bu Wi-Fi protokolga ega qurilmalar oʻrtasida maʼlumot almashish uchun qoʻl keladigan bepul mobil dasturdir. Dastur yordamida istalgan turdagi fayllarni yuqori tezlikda bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga joʻnatish mumkin, bunda hech qanday mobil trafik talab qilinmaydi.[1]
Dastur haqida
tahrirDastur Lenovo kompaniyasi tomonidan yaratilgan va Windows, Macintosh, Windows Phone, Android va iOS boshqaruvidagi istalgan qurilmaga simsiz ad-hoc tarmogʻi orqali maʼlumot uzatish uchun moʻljallangan. Dastur 39 tilda ishlay oladi, xususan, ingliz, rus, ispan, italyan, xitoy, arab va boshqalar. Ilk bor dastur Xitoyda 2012-yil iyunda Anyshare nomi bilan taqdim etilgandi. SHAREit yuklanishlar boʻyicha oʻzining raqobatchilari boʻlgan Xender, Zapya, Share Apps, SuperBeam, Pushbullet orasida yaqqol ustunlikka ega. Maʼlumot uzatishdan tashqari dastur CLONEit, CLEANit, SHAREit SD (Wi-Fi SD card), LISTENit, LOCKit va CONTROL xizmatlarini taqdim etadi. Bu dastur va shu kabilar yaratilgungacha maʼlumot uzatish uchun eng qulay va xavfsiz usuli Bluetooth yoki USB-flesh xotirasi boʻlgan. Bluetooth tezlik borasida oqsoqlik qilgan, USB-flesh xotira esa ulangan qurilmadan zararli viruslarni olishi ehtimoli katta boʻlgan. Bu kabi xabarlar koʻpgina universitetlar va jurnallarda eʼlon qilingan. Shu sabali ham Lenovo kompaniyasi Wi-Fi Directni ishlatgan holda fayl uzatuvchi dastur yaratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. SHAREit dasturining 2017-yil taqdim etilgan 4.0.8 versiyasida logotipning biroz oʻzgarganiga guvoh boʻlishimiz mumkin, yaʼni uchta toʻgʻri chiziqlar oʻrniga uchta uchburchak chiziqlardan foydalanilgan. SHAREitning muhim xususiyati — u 5 ta qurilma ulanishi mumkin boʻlgan toʻgʻridan toʻgʻri simsiz aloqani hosil qiladi va bu kichik bir tarmoqni paydo qiladi.
Dasturning kamchiliklari va afzalliklari
tahrirSHAREitning kamchilliklaridan biri bu uning koʻplab platformalarda ishlay olishidair, bunda har safar turli qurilmalardagi tarmoq sozlamalarini oʻzgartirib turish kerak. Dastur sizga Wi-Fi sozlamalarini sozlashingiz haqida tushuntirmaydi. Dastur fayl yuborishda „qaynoq nuqta“ni hosil qiladi va aynan shu narsani dastur sozlamalari orqali sozlash mumkin. Dastur tez-tez qotib qoladi yoki ishida muammolar paydo boʻladi. Ishlatish uchun yoʻriqnomaning yoʻqligi dasturni ishlatishda biroz qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Dastur kamchiliklari quyidagilar:
- yoʻriqnoma kam;
- doim ham ishlamaydi;
- qotib qolish ehtimoli bor;
- yangi yuborishlar uchun aloqani qayta ishga tushiradi.
Dastur istalgan turdagi va formatdagi maʼlumotlarni bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga yuborish xususiyatiga ega. Ular rasm, musiqa, audio, videofayllar, dasturlar va boshqalar boʻlishi mumkin. Dastur afzalliklari quyidagilar:
- yuqori tezlik (20 M/s gacha);
- har qanday fayllarni yubora olishi;
- koʻplab platformalarda ishlay olishi va boshqalar.
Dastur uchun alohida litsenziya olish talab etilmaydi. Dastur hajmi hozirda 5-10 MB atrofida boʻlib, 2017-yil maʼlumotiga koʻra Play Marketdan 500 mlndan ziyod marta yuklab olingan.[2] Bu xizmat eski qurilmadan yangisiga kontaktlar, SMS-MMS xabarlar, musiqa, rasm, dastur va boshqalarni nusxalab beradi.[3]
Manbalar
tahrir- ↑ http://www.ushareit.com ushareit.com
- ↑ arxiv nusxasi, 2020-11-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-04
- ↑ Sh.Mustafayev