Saʼdulla Hakim — Oʻzbekistonlik ijodkor-tarjimon. 1951-yil 25-martda Jizzax viloyati, Forish tumanidagi Garasha qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. „Hamal tonglari“ (1981), „Sen kutgan bahor“ (1986) kabi asarlar muallifi[1].

Saʼdulla Hakim
Tavalludi 25-mart 1951-yil


Mehnat faoliyati

tahrir

„Saodat“ jurnali, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, „Oʻzbekiston ovozi“ gazetalarida adabiyot va sanʼat bo‘limi mudiri, masʼul kotib[2].

„Maʼrifat“ gazetasi rahbari (1992-1996).

„Turkiston press“ Axborot agentligida bosh direktor, „O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasida bosh muharrir.

Asarlari

tahrir

„Hamal tonglari“ (1981), „Sen kutgan bahor“ (1986), „Yoz oqshomi“ (1996), „Ona so‘z“ (2000), „Saylanma“ (2001), „Ko‘ngil yuzi“ (2006), „Esimda qolganlar“, „Atom qaʼriga sayohat“, „Ko‘hna naql“ (2011), „Oqsaroy“[3].

Dostonlari

tahrir

„Bola Botir“ (2013), „Olis yulduz“[4].

Tarjimalari

tahrir

Gyote, Pushkin, Lermontov, Yesenin, Yunus Emro kabi shoirlarning sheʼrlarini tarjima qilgan[5].


Mukofotlari

tahrir

„Saylanma“ kitobi uchun 2002-yili „Eng ulug‘, eng aziz“ respublika tanlovi g‘olibi.

„O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ unvoni (2002)[6].

Sheʼrlaridan namunalar

tahrir

Navoiy va Bobur


Ona tili ori, g‘ururi

Asrlardan sado beradi.

Navoiydan so‘z ayta turib,

Tilga Bobur kelaveradi.


Olti kunda yaralmish olam

Va odam ham. Shukrona ayta

Biz fevralning olti kunida

Tug‘ilamiz har yili qayta.


Hali borliq qish uyqusida,

Hali ko‘zin ochmayin bodom, —

Turkiy zamin kengliklarida

Chaparasta gullaydi odam.


Sen, ey ko‘ngil, gar tilarsan xo‘b,

So‘z sehridan umringga najot, —

Mir Alisher etagini o‘p,

Bobur Mirzo eshigida yot…


Ona tili ori, g‘ururi

Asrlardan sado beradi.

Navoiydan so‘z ayta turib

Dilga Bobur kelaveradi!


O‘zbekcha parvoz


Ota-bola Dedal va Ikar

Qissasini ko‘pchilik bilar.

Bola zoti borki, ularday

Ko‘kda qanot yozgisi kelar.


Menda boshqa orzu xayoli:

Bulutlarni parqudek quchib,

Nega xuddi qushlar misoli

Odamlar µam yurmaydi uchib?


Bu olamga kelgan zaµoti

Solmasalar yo‘rgakka, zora

O‘sib chiqarmidi qanoti

Hech bo‘lmasa bir qur, bir bora.


Uchay desa biri birovin

Oyog‘idan qolmasa tortib,

Kabutardek oshib o‘mbaloq

Samoviy shavq etardi tortiq.


Yeb yotmasa ichu etini

Hasad degan yovuz bir balo,

Havas qanot bo‘lib, betinim

Ucharmidi ko‘klarda aʼlo.


Oshiqlarning yo‘lida to‘siq

Bo‘lmasaydi agar Yosuman,

Tillarida muhabbat qo‘shiq,

Tushmasmidi ishq samosidan.


Yigit uchsa kiyib beqasam,

Qiz egnida porlasa atlas,

Jilva qilib kamalak, chindan

Yulduzlar-da qilardi havas.


Turfa libos kiysa el-ulus,

Chiroy ochib falak har burji

O‘kchasini ko‘z-ko‘z etib rus,

Papoq kiyib uchardi gurji.


O‘zbek uchsa… qirg‘ovul kabi

Tezda qaytib qo‘nar edi u.

Ketmas edi issiq yurt izlab,

Ayozga ham ko‘nar edi u.


Qo‘nganida dalasin chopib,

Uchganida sochar edi don.

Bulutzorda yomg‘irni boqib,

Oy bo‘yniga taqardi marjon.


Magar parvoz etsa ham, ayon,

Boshqalarga o‘xshamasdi ul.

Uchar edi belida belbog‘,

Boshda do‘ppi, chekkasida gul!


Manbalar

tahrir