Safiye Ali
Safiye Ali (turkcha: Safiye Ali) – turk shifokori.
Safiye Ali | |
---|---|
Tavalludi |
2-fevral 1891-yil |
Vafoti |
5-iyul 1952-yil Dortmund, Arnsberg, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Gʻarbiy Germaniya |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi va Turkiya |
Taʼlimi |
Robert kolleji, Würzburg universiteti |
Kasbi | shifofkor |
Turkiya Respublikasining birinchi ayol shifokori va tibbiy taʼlim olgan birinchi ayoldir. Safiye Ali ona va bola salomatligini muhofaza qilish boʻyicha faol ish olib borayotgan „Milk Drop Houses“ kompaniyasi bilan faoliyat olib borgani tufayli tanilgan.
Doktorlik bilan bir qatorda Istanbulda boshlangan feministik harakatga qoʻshilib, turk ayollarining saylanish huquqi uchun kurashgan[1].
Hayoti
tahrirSafiye Ali 1894-yilda Istanbulda tugʻilgan. Otasi Sulton Abdulaziz va Abdulhamid II ning yordamchilaridan biri Ali Kırat posho, onasi esa Shayxulharim hoji Emin poshoning qizi Emine Hasene. Safiye Ali oilada toʻrt opa-singil orasida kenjasi boʻlgan.
Oilasi Usmonli imperiyasi davrida turli xizmatlari bilan tanilgan. Bobosi Hoji Emin Posho 17 yil Makka shayx ul-islomi boʻlgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatayotgan beshta vaqfga asos solgan. Yoshligida otasidan ayrilgan Safiye Ali bobosi Emin Poshoning Valideçeşmedagi qasrida ulgʻaygan.
Istanbuldagi Amerika qizlar kollejida tahsil olgan Safiye Xonum 1916-yil yanvarida uni tamomlagan. Kollejda oʻqiyotgan chogʻlarida shifokor boʻlishga qaror qilgan. Oʻsha davrda mamlakatda ayol tabiblarga ehtiyoj bor edi, chunki ayol bemorlar ayol tabiblarni afzal koʻrar edilar, ammo dorulfunning tibbiyot fakulteti hali talaba qizlarni qabul qilmas edi. Birinchi jahon urushi davridagi moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, Germaniyaga ketgan va Wurtzburg universitetining tibbiyot fakultetida tahsil olgan. Oʻsha davrning Maorif vaziri Ahmet Şükrü Bey koʻmagida davlat stipendiyasiga ega boʻlgan Safiye Ali nemis tilini tezda oʻrganadi va dars olishni boshlaydi. Amerika Qizlar kolleji bitiruvchisi boʻlgani uchun undan qiyin imtihon olgan Bavariya Milliy taʼlim vazirligi imtihonda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgani evaziga Safiye Aliga „doktorlik nomzodi“ unvonini bergan. 1921-yilda „Chaqaloqlarda ichki paximeningit qon ketishi“ mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan.
Istanbulga qaytganidan 6 hafta oʻtib Germaniyada ayollar va bolalar kasalliklari boʻyicha taʼlim olgan shifokor Safiye xonim Ferdinand Krekeler (keyinchalik Ferdi Ali nomi bilan mashhur) bilan oila qurgan.
1923-yil iyun oyida Turkiyaning birinchi ayol shifokori sifatida litsenziya olgan Safiye xonim turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda Cağaloğluda klinika ochgan. Avvaliga tanilmaganligi sababli klinikasiga bemorlar tashrif buyurmagan[2]. Istanbulda besh yil shifokor boʻlib ishlagan boʻlsa-da, poliklinikadagi ishidan oldin ona va bola salomatligi sohasida begʻaraz xizmat olib borgan. Bu davrda Robert kollejida ochilgan birinchi ayollar tibbiyot maktabida ginekologiya va akusherlik fanidan dars berib, qizlarga tibbiy taʼlim bergan birinchi ayol oʻqituvchi sifatida tarixga kirgan. Shuningdek, Fransiya Qizil Xochining „Süt Damlası“ dasturi bilan ishlagan. Maqsadi onalarni koʻkrak suti bilan oziqlantirishning ahamiyati haqida oʻqitish edi.
Safiye Ali kasbiy faoliyatidan tashqari Istanbulda boshlangan feministik harakatga qoʻshilgan va Turk ayollar ittifoqi sanitariya komissiyasi raisi lavozimida ishlagan. Bu yillarda fohishalik bilan kurashgan.
Unga saraton tashxisi qoʻyilgach, Turkiyani tark etib, Germaniyaga joylashgan. Ikkinchi jahon urushi davridagi kasalligiga qaramay, faoliyatini davom ettirgan. 1952-yil 5-iyulda 58 yoshida Dortmundda vafot etgan.
Xotirasi
tahrir- Nomi Istanbuldagi oilaviy salomatlik markaziga berilgan.
- 2021-yil 2-fevralda Google uning 127 yoshini Google Doodle bilan nishonlagan.
- 2022-yil 30-noyabrda Dortmunddagi koʻchaga uning nomi berilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Yıldırım. „Türkiye’nin İlk Kadın Doktoru Safiye Ali.“. İstanbul Tarih Vakfı Yurt Yayınları, 2012. Qaraldi: 30 nisan 2016.
- ↑ Kadın Eserleri Kütüphanesi ve Bilgi Merkezi Vakfı, 2017 Ajandası, „Kadın Hayatlarını Yazmak, Oto/ Biyografi Yaşam Alıntıları“, sayfa 9
- ↑ Ruhr News website, Turkish doctor becomes namesake; Hannah Rosenbaum explains renaming of streets in Dortmund, article by Kevin Kindel dated December 2, 2022