Said Kamol madrasasi (Said Kamolbiy madrasasi; Kamolxoja madrasasi)Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Hozirda madrasada Amulet nomidagi mehmonxona oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Madrasa
Said Kamol madrasasi
Said Kamolbiy madrasasi
Kamolxoja madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil Koʻkaldosh MFY, Bahouddin Naqshband koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Mir Sayyid Kamol ibn Mir Abdurasul karvonboshi
Homiylar Mir Sayyid Kamol ibn Mir Abdurasul karvonboshi
Binokorlik 18641865-yillar
Maqomi davlat himoyasida[1]
Holati Mehmonxona
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Tarixi

tahrir
 
Hovuzi Mulloxon. Uning ortida Said Kamol madrasasi va Hasan Xoʻja masjidi, orqa fonda esa Fathulla qoʻshbegi madrasasi joylashgan.

Madrasa 1864–1865-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Fathullo qoʻshbegi (keyinchalik Said Kamol deb atalgan) guzarida, oʻzbek hukmdori Muzaffarxon (1860–1885) hukmronligi davrida, Mir Sayyid Kamol ibn Mir Abdurasul karvonboshi ismli shaxs mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[2][3].

Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan boʻlib, hujjat qozi Sadriddin ibn Mir Bayzo muhri bilan tasdiqlangan[2].

Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng, madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib[1], hozirda unda Amulet nomidagi mehmonxona oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli Bahouddin Naqshband nomidagi koʻchada joylashgan[1].

Meʼmorchiligi

tahrir

Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan[3], 19 hujra va darsxonadan iborat[2].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 17-iyul, 2022-yil(2022-07-17) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Adabiyotlar

tahrir