Saidahmad Vasliy Samarqandiy (1869–1925) — 19-asrning ikkinchi yarmi va 20-asrning boshlari Samarqand adabiy muhitiga mansub ijodkor. Muallimlik qilgan. Vasliy oʻzbek, arab va fors tillarida darsliklar tuzgan. Vasliy shu tillarda birday ijod ham qilgan. Forsiydagi „Armugʻoni doʻston“, oʻzbekchadagi „Devoni turkiy“ kabi devonlar, „Nazmus silsila“ (forscha), „Adab ud-din“ (oʻzbekcha) sheʼriy asarlar, tilshunoslikka oid „Muqaddimai sarfu nahvu arabi ham namunai sarfu nahvu forsiy“ kitobi mashhurdir.

Saidahmad Vasliy Samarqandiy
forscha: سید احمد وصلی سمرقندی
Tavalludi 1870-yil
Vafoti 29-oktyabr, 1925-yil
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR

Vasliy publitsist sifatida oʻz davri matbuotida ijtimoiy-maʼrifiy mavzularda koʻplab chiqishlar qilgan.

Adabiyot tahrir

Manbalar tahrir

  • Gʻ. Gʻulom. Vasliy. Mukammal asarlar toʻplami. II tom.
  • Halilov S. 19-asrning ikkinchi yarmi va 20-asrning boshlarida oʻzbek va tojik adabiy aloqalari. SamDU, 1978.
  • Xoʻjaeva M. Hamza va Vasliy. „Sharq yulduzi“, 1970, 2-son.
  • Xoʻjaeva M. Shoir va mudarris Vasliy. OʻzAS. 1990-yil 5-iyul.