Sakaki (yaponcha: 坂城町 Sakaki-machi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharchada 6211 ta xonadonda 15025 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 280 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 53,64 kvadrat kilometr (20,71 mi²) ga teng.

Sakaki

坂城町
Shaharcha
Skyline of Sakaki
Sakaki
Bayroq
Sakaki
Gerb
36°27′42.5″N 138°10′48.4″E / 36.461806°N 138.180111°E / 36.461806; 138.180111
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Toushin viloyati
Asos solingan 1-aprel 1889-yil
Maydon 53.64 km2 (20.71 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil aprel)
15 025
Zichligi 280 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0268-82-3111
Sakaki xaritada
Sakaki
Sakaki

Geografiyasi

tahrir

Sakaki Toushin mintaqasida yaʼni Nagano prefekturasining shimoliy-markaziy qismida joylashgan. Shahar hududidan Chikuma daryosi oqib oʻtadi.

 
Sakakidagi Chikuma daryosi ustidagi Shova koʻprigi

Atrofdagi munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Shahar iqlimi issiq boʻlib, nam yoz va sovuq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Sakakida oʻrtacha yillik harorat 12,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1086 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, −0,3 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Sakaki aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida nisbatan oʻzgarmas holda saqlanib qolgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
194012,107—    
195015,851+30.9%
196014,43−9.0%
197015,721+8.9%
198016,685+6.1%
199016,632−0.3%
200016,83+1.2%
201015,734−6.5%
202014,004−11.0%

Tarixi

tahrir

Hozirgi Sakaki hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Bu hudud ilk Edo davrida qisqa muddatli Sakaki domenining (1683—1702) bir qismi hisoblangan va undan keyin Meidzi qayta tiklanishigacha Naka-no-jō daikanshō orqali toʻgʻridan-toʻgʻri Tokugava syogunati tomonidan boshqariladigan Tenryo hududi sirasiga kirgan. Zamonaviy Sakaki qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan va 1904-yil 12-iyulda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. Shahar 1955-yil 1-aprelda qoʻshni Nakanojo va Nanjo qishloqlarini shuningdek, 1960-yil 1-aprelda qoʻshni Sarashina tumanidan Murakami qishlogʻini oʻziga qoʻshib oldi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Qurilish uskunalari ishlab chiqaruvchi Takeuchi Manufacturing kompaniyasining bosh qarorgohi shu shaharda joylashgan[4]. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan asosan sholi yetishtiriladi, shuningdek, bogʻdorchilik (olma, nok va uzum) va gulchilik ham rivojlangan.

Taʼlim tizimi

tahrir

Sakaki shahar hukumati tomonidan boshqariladigan uchta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabiga ega shuningdek Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta yuqori maktab ham faoliyat yuritadi.

Mashhur joylar

tahrir

Katsurao qal’asi — Murakami urugʻining uy qal’asi vazifasini bajargan. Bugungi kunda faqatgina qal’a harobalarigina saqlanib qolgan.

Transporti

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

Magistral yoʻl

tahrir
  •   Joshin-etsu tezyurar yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 18

Galereya

tahrir
Shinano temir yoʻli Sakaki stansiyasi
Sakaki-jinja ziyoratgohi

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir