Salih Uçan (1994-yil 6-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, „Beshiktosh“ jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Salih Uçan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Salih Uçan
Tavallud sanasi 6-yanvar 1994-yil (1994-01-06) (30 yosh)
Tavallud joyi Marmaris, Muğla, Turkiya
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Beşiktaş
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2008 Marmaris Belediyespor
2008—2010 Bucaspor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2012 Bucaspor 24 (1)
2012—2019 Fenerbahçe 37 (3)
2014—2016Roma (Ijara) 7 (0)
2017—2018Sion (Ijara) 19 (2)
2018—2019Empoli (Ijara) 6 (1)
2019 Empoli 10 (0)
2019—2021 Alanyaspor 61 (3)
2021- Beşiktaş 11 (0)
2022İstanbul Başakşehir (Ijara) 11 (0)
Milliy terma jamoa
2008—2009 Turkiya U15 10 (5)
2009—2010 Turkiya U16 20 (7)
2010—2011 Turkiya U17 22 (8)
2011 Turkiya U18 20 (10)
2011—2012 Turkiya U19 13 (7)
2012—2013 Turkiya U20 18 (8)
2013—2016 Turkiya U21 16 (0)
2013- Turkiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-fevral uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Fenerbahche tahrir

Fenerbahche 2012-yilning 6-iyunida Uçanni 1,4 million yevro evaziga va mavsum uchun 220 000 evrolik besh yillik shartnomaga imzo chekgan. Bu transfer narxi turkiyalik yosh futbolchiga toʻlangan eng yuqori toʻlov boʻlgan. 2013-yilning 14-martida u klub uchun debyut golini UEFA Yevropa ligasi 1/8 finalida Viktoriya Plzenga qarshi oʻyinda kiritgan. Uning goli „Fenerbaxche“ga „ Shukru Saracogʻlu“ stadionida 1:1 hisobida durang oʻynab, Yevropa ligasining chorak finaliga yoʻl olishiga yordam bergan[1]. U 2013-yil 7-aprel kuni Ordusporga qarshi oʻyinda ikkita gol urgan va Fenerbaxchega Super Ligda ketma-ket toʻrtta oʻyinda gʻalaba qozonishga yordam bergan[2].

Roma (ijara) tahrir

2014-yilning 7-iyulida, bir necha haftalik choʻzilgan muzokaralardan soʻng[3] Uçanning 4,75 million yevro evaziga ikki yillik ijara shartnomasi asosida „Roma“ga oʻtgan. Shartnomada „Roma“ning ijara muddatini yana bir yilga uzaytirishi yoki 2016-yilda Uçanni 11 million yevro evaziga toʻliq sotib olishi mumkin boʻlgan[4][5]. U 2014-yilning 18-oktabr kuni „Kyevo“ga qarshi oʻyinda (3:0) „Roma“dagi rasmiy debyutini oʻtkazgan. Ikki yil davomida bor-yoʻgʻi 10ta oʻyin oʻtkazgandan soʻng, „Roma“ futbolchi bilan doimiy shartnoma imzolash variantidan foydalanmagan[6].

2016-yilning iyulida Uchan „Roma“dagi ikki yillik ijara muddati yakunida „Fenerbaxche“ga qaytgan, biroq 1 yildan soʻng yana Shveysariyaning „Sion“ klubiga ijaraga berilgan[7].

Sion (Ijara) tahrir

2017-yil 31-avgustda u ikkinchi marta Shveysariya Superligasi FC Sionga ijaraga berilgan. Bir yillik ijara muddatida u 19ta liga oʻyinida va 1ta Shveysariya kubogida maydonga tushgan.

2018-yilning iyul oyida Uçan Siondagi bir yillik ijara muddati oxirida ikkinchi marta Fenerbahchega qaytgan.

Empoli (Ijara) tahrir

2018-yilning 17-avgustida Uçan Italiya A Seriyasining „Empoli“ klubiga 2019-yilning 30-iyuniga qadar ijara asosida oʻtgan[8]. Uçan klubdagi debyutida, 2018-yilning 21-oktabrida „Frozinone“ bilan 3:3 hisobida durang oʻynagan va oʻyinda jamoasining yakuniy golini kiritgan[9].

2019-yilning 31-yanvarida, 2018-19-yilgi qishki transfer oynasining soʻnggi kunida bu transfer doimiy ravishda amalga oshirilgani eʼlon qilingan[10].

Alanyaspor tahrir

 

2019-yilning 10-iyulida Uçan Turkiyaning „Alanyaspor“ klubi bilan shartnoma imzolagan[11].

Beshiktosh tahrir

2021-yilning iyunida „Alanyaspor“ bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Uçan Turkiyaning amaldagi chempioni „Beshiktosh“ga tekinga oʻtgan. 2021-yil 4-iyul kuni Beshiktosh Uçan jamoaga qoʻshilganini eʼlon qilgan[12].

Xalqaro faoliyati tahrir

Uçan Turkiya terma jamoasida barcha yosh toifalarida oʻynagan. U, shuningdek, 2013-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Turkiyaning 20 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan. 2013-yilning 15-noyabrida u Turkiya terma jamoasidagi ilk milliy oʻyinini Adana shahrida Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻtkazgan.

.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Boshqa Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Bucaspor 2010-11 TFF Birinchi Ligasi 0 0 2 0 2 0
2011-12 24 1 1 0 25 1
Jami 24 1 3 0 27 1
Fenerbahçe 2012-13 Süper Lig 10 3 9 0 0 0 7 1 26 1
2013-14 16 0 1 0 0 0 0 0 17 0
2016-17 11 0 7 1 6 0 24 1
Jami 37 3 17 1 0 0 13 1 67 5
Roma (Ijara) 2014-15 A Seriya 4 0 0 0 0 0 4 0
2015-16 3 0 1 0 2 0 6 0
Jami 7 0 1 0 2 0 10 0
Sion (Ijara) 2017-18 Shveysariya Super Ligasi 19 2 1 0 0 0 20 2
Empoli 2018-19 A Seriya 14 1 0 0 0 0 14 1
Alanyaspor 2019-20 Süper Lig 26 1 8 0 34 1
2020-21 35 2 4 1 1 0 40 3
Jami 61 3 12 1 1 0 74 4
Karyerada jami 162 10 33 2 0 0 16 1 209 13

Yutuqlar tahrir

Fenerbahche

  • Superliga : 2013-14
  • Turkiya kubogi : 2012-13

Manbalar tahrir

  1. „FENERBAHÇEMİZ ÇEYREK FİNALDE“. Fenerbahce.org (14-mart 2013-yil). Qaraldi: 15-mart 2013-yil.
  2. „Orduspor 0-2 Fenerbahçe“. Fenerbahce.org (7-aprel 2013-yil). Qaraldi: 7-aprel 2013-yil.
  3. Zucchelli, Chiara. „Roma-Uçan, adesso è fatta: via libera dal Fenerbahçe“ (italyancha). Gazette Dello Sport (1-iyul 2014-yil). Qaraldi: 26-avgust 2016-yil.
  4. Dove. „Roma sign Ucan on two-year loan from Fenerbahce“. Goal (6-iyul 2014-yil). Qaraldi: 26-avgust 2016-yil.
  5. „Ashley Cole joins Salih Uçan at Roma“. UEFA.com (7-iyul 2014-yil). Qaraldi: 26-avgust 2016-yil.
  6. „Ucan confirms Roma exit“. Football Italia (2-iyun 2016-yil). Qaraldi: 26-avgust 2016-yil.
  7. „Ucan confirms Roma exit“. Football Italia (2-iyun 2016-yil). Qaraldi: 26-avgust 2016-yil.
  8. „UFFICIALE: l'Empoli riporta Salih Ucan in Italia“ (italyancha). Qaraldi: 17-avgust 2018-yil.
  9. „Salih Uçan müthiş golle Empoli'ye puan kazandırdı! Salih Uçan'ın golünü izle…“ (turkcha). Sözcü (2018-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 22-oktabr 2018-yil.
  10. „Empoli: Zajc to Fener, Salih stays“. Football Italia. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  11. „UFFICIALE: Empoli, Ucan torna in Turchia. Ha firmato con l'Alanyaspor“. Qaraldi: 12-iyul 2019-yil.
  12. „Salih Uçan Beşiktaş’ta“ (Tr). Beşiktaş J.K. (4-iyul 2021-yil). 24-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2021-yil. „Kulübümüz, yeni sezon transfer çalışmaları kapsamında, orta saha futbolcusu Salih Uçan ile sözleşme imzalamıştır. Beşiktaşımıza önemli hizmetlerde bulunacağına inandığımız Salih Uçan’a hoş geldin der, başarılar dileriz.“.