Salom
Salom (arab. — sulh, doʻstlik, omonlik) — 1) kishilarning koʻrishganda birbirlari bilan oʻzaro soʻrashish ifodasi. Jahondagi koʻpgina xalqlarda S. soʻz orqali bajariladi. Har qanday odamga murojaat yoki muomala qilishdan oldin S. berish va alik olish insoniy fazilatdir (qarang Assalomu alaykum); 2) xonamirlar bilan uchrashuv (audiyensiya) ham S. deb atalgan. Amir, xonlarning qabulxonasi salomxona deb atalib, uning xizmatchisi salom ogʻasi deb yuritilgan; 3) kelin kuyov xonadoniga kelgandan keyingi birinchi kun ertalab uni kuyov ota-onalariga va yaqin qarindoshlariga taʼzimga olib chiqish marosimi yoki umuman kelinchak taʼzimi (qarang Kelin salom).[1]
ManbalarTahrirlash
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |