Salor mahallasi
Salor mahallasi (Nukus koʻch., 4) — Mirobod tumanidagi mahalla. Oybek, „Movarounnahr“, „Yangi Mirobod“ mahallalari bilan chegaradosh[1].
Salor Salor mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | O'zbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirobod |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 (71) |
Avtomobil kodi | 01 |
Tarixi
tahrir1996 yil tashkil etilgan. Tuman hududidan oqib oʻtuvchi Salor kanalining tumanga kirish yoʻli ushbu mahalladan boshlanishi sababli shunday atalgan.
Aholisi
tahrirAholisi 4,5 mingdan ortiq, asosan, ruslar, shuningdek, 16 millat vakillari (o'zbek, turkman, arman va boshqalar) yashaydi.
Binolar
tahrirMahallada 7 koʻcha, temiryoʻlchilar madaniyat saroyi, Temiryoʻl loyixalash instituti, Temiryoʻl muzeyi, Transport prokuraturasi, Respublika teri-tanosil kasalliklari kasalxonasi bor. „Toshkent — Markaziy“ vokzali, Uchqun tikuvchilik sexi, rus xristian sobori, tuman soliq inspeksiyasi, tuman bandlikka koʻmaklashuvchi markazi, Milliy bank Toshkent viloyati boʻlimi, Sanoat qurilish banki tuman boʻlimi, Aviakassa, „Istiqlol“ supermarketi, 2 ta goʻzallik saloni, 1-stomatologiya poliklinikasi, harbiy doʻkon, oziq-ovqat doʻkonlari va boshqalar joylashgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 471-472-bet.