Samarkandskiy vestnik
Samarkandskiy vestnik – rus tilida nashr etiladigan Samarqand viloyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi boʻlib, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan taʼsis etilgan. Gazeta idorasi Samarqand shahrining markazida, Tursunov koʻchasida 80-uyda joylashgan[1]. „Samarkandskiy vestnik“ gazetasi oʻzbek tilida chiqadigan „Zarafshon“ gazetasi bilan qoʻshma tahririyatga ega boʻlib, uning muassislari ham xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi va Samarqand viloyati hokimligi hisoblanadi.
Samarkandskiy vestnik | |
---|---|
Kimga tegishli |
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi Samarqand viloyati hokimligi |
Asos solingan | 11-iyun 1917-yil |
Tili | ruscha |
Bosh ofisi | Tursunov koʻchasi 80-uy, Samarqand shahri |
Vebsayt | https://sv.zarnews.uz/ |
Gazetaning birinchi soni 1917-yil 11-iyunda chiqqan va shu bois „Samarkandskiy vestnik“ Oʻzbekistondagi eng qadimiy gazetalardan biri hisoblanadi. Gazeta tashkil etilganining dastlabki yillarida „Samarqand“ deb nomlangan. Keyingi yillarda gazeta „Samarqand ovozi“, „Proletar“, „Uzbekistanskaya pravda“, „Lenin yoʻli“ nomlari bilan nashr etilgan. 1991-yil sentyabr oyida gazeta hozirgi nomini oldi. Samarqanddagi rus tilidagi eng mashhur gazetalardan biri. Gazetada bir qator taniqli jurnalistlar, muxbirlar, shoirlar, yozuvchilar, jamoat arboblari faoliyat koʻrsatgan va hozir ham faoliyat yuritmoqda. Oʻtmishda gazeta xodimlari El-Registan – SSSR davlat madhiyasi hammuallifi, Efim Tashlitskiy, Vladimir Xodasevich, Lev Korsunskiy, Iskandar Hisamov, Rafael Sokolovskiy, Natalya Shakirova, Vladimir Popov, Leonid Vetshteyn kabi taniqli shaxslar boʻlgan. Undan tashqari tahririyatda Irina Kireeva, Boris Shchegolixin, Vyacheslav Enyutin, Valeriy Pustovalov, Natalya Inkova, Raximbek Shakirbekov, Galina Troitskaya, Lyudmila Duzinskaya, Eduard Sagalaev, Oʻtkir Rasulov va boshqalar faoliyat yuritgan.
Tahririyat binosi ikki yarim ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bino sovetlar hukmronligi davrida „Ленинский путь“ va „Lenin yoʻli“ gazetalari obunachilarining ixtiyoriy xayr-ehsonlari bilan qurilgan[2]. 2021-yil 12-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining veb-saytida sotilishi kerak boʻlgan davlat aktivlari roʻyxati eʼlon qilindi. Ular orasida „Samarkandskiy vestnik“ ham bor[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Самаркандский вестник, газета“. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
- ↑ „В Самарканде гробят старейшую русскую газету“ (2021-yil 17-fevral). Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
- ↑ Павленко Анастасия. „Нас лишили самостоятельности, здания и имени“. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.