Samarqand ushshogʻi
Samarqand ushshogʻi – Ushshoqning Hoji Abdulaziz Rasulov qayta ishlab bastalagan yoʻli. „Ushshogʻi Hoji“, „Daromadi Ushshoq“ deb ham yuritiladi. „Samarqand ushshogʻi“ga Uzzolning ohanglari daromad qilib olingan va keyingi ashula jumlalari Ushshoq ohanglariga ulanib ketgan. Avjida Ushshoq va Uz zol namudlari ishlatilgan. „Samarqand ushshogʻi“ning yirik va qisqaroq variantlari mavjud boʻlib, dastlab Zebunnisoning „injost“ radifli gʻazali, keyinchalik Masiho, Komil, Ogahiy gʻazallari bilan ham aytila boshlangan. „Samarqand ushshogʻi“ kuyidan Tolib Sodiqov va Reyngold Glier „Layli va Majnun“, A. Kozlovskiy „Ulugʻbek“ operalarida foydalanishgan[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |