Same Samatov (1949-yil 30-iyun, Samarqand, Samarqand viloyati – 2007-yil) – pedagog, Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi[1].

Same Samatov
Tavalludi 30-iyun 1949-yil
Vafoti 2007-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Sirdaryo davlat pedagogika instituti
Dini Islom
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“
„Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi“

Tarjimai holi

tahrir

Samatov Same Samatovich 1949-yil 30-iyunda Samarqand shahrida tugʻilgan. 1973-yilda Sirdaryo davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tamomlagan va shu institutda oʻqituvchi sifatida faoliyat yurita boshlagan. Same Samatov 1981-yilda „Butunittifoq xalq xoʻjaligi yutuqlari“ koʻrgazmasida ishtirok etib, kumush medal bilan taqdirlangan. 1991-yildan Guliston davlat universiteti qoshidagi Yangiyer akademik litsey-internati direktori sifatida faoliyat yuritgan. 1999—2007-yillar oraligʻida Guliston shahridagi akademik litsey direktori boʻlgan. 40dan ortiq ilmiy, ilmiy-metodik maqolalar, darsiklar va koʻrgazmalar muallifi hisoblanadi. Shuningdek, Same SamatovGuliston davlat universiteti loyihasining muallifi ham hisoblanadi[2].

Same Samatov 1986-yilda Oʻzbekistonda musiqali favvora ixtiro qilgan. Favvoraga har xil rangli projektorlar va suvni yuqoriga otadigan nasoslar oʻrnatilgan. Nasoslarning bosimi musiqaga moslashtirilgan. Uning kashfiyotlari Amerika va Fransiyalik olimlar tomonidan yuqori baholangan.

1980-yilda yopiq televideniye tizimi uchun „Sirdaryo-1“ apparatini ixtiro qilgan. Shundan soʻng ham oʻqitishni texnik vositaar bilan boshqarishga yordam beruvchi „SDPI-1“, „Sirdaryo-2“, „Sirdaryo-3“ va „Guliston-30“ kabi qurilmalarni ixtiro qilgan. Yaratgan ixtirolari uchun 1982-yilda yosh ijodkorlarga beriladigan davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Same Samatov 2007-yilda vafot etgan[1].

Mukofotlari

tahrir
  • Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti – Islom Karimovning 2006-yil 25-avgustdagi PF-3789-sonli farmoni bilan Same Samatovga Oʻzbekiston qahramoni mukofoti berilgan[3].
  • „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“ (1998-yil)
  • „Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi“ (2004-yil)

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 122.
  2. Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 123.
  3. „“O‘ZBEKISTON QAHRAMONI” UNVONINI BERISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil.

Adabiyotlar

tahrir

Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.