Samegava (Fukushima)
Samegawa (yaponcha: 鮫川村 Samegawa-machi ) Yaponiyaning Fukushima prefekturasida joylashgan qishloq. 1-yanvar, 2020-yil holatiga koʻra, qishloqda 1107 ta xonadonda 3081 nafar aholi istiqomat qiladi, aholi zichligi har kvadrat kilometrga 23 nafardan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 131,34 kvadrat kilometrni (50,7 mi²) tashkil etdi[1].
Samegawa 鮫川村 | |
---|---|
Qishloq | |
37°2′32.6″N 140°30′34.6″E / 37.042389°N 140.509611°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat | Tōhoku |
Tuman | Higashishirakawa |
Prefektura | Fukushima prefekturasi |
Asos solingan | 1889-yil 1-aprel |
Maydon | 131.34 km2 (50.71 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020-yil 1-yanvar) |
3 081 |
Zichligi | 23 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0247-49-3111 |
|
Geografiyasi
tahrirSamegawa Fukushima prefekturasining eng janubiy qismida joylashgan boʻlib, janubi-sharqda Ibaraki prefekturasi bilan chegaradosh. Qishloq hududi 400 dan 600 metrgacha boʻlgan balandlikdagi tepalik va ellik foizdan ortigʻini oʻrmon bilan qoplangan.
Qoʻshni munitsipalitetlari
tahrirDemografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Samegawa aholisi 1950-yilda eng yuqori choʻqqisiga chiqdi va soʻnggi 70 yil ichida pasayish kuzatildi.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 5,919 | — |
1930 | 6,312 | +6.6% |
1940 | 6,676 | +5.8% |
1950 | 8,077 | +21.0% |
1960 | 7,926 | −1.9% |
1970 | 6,404 | −19.2% |
1980 | 5,537 | −13.5% |
1990 | 5,219 | −5.7% |
2000 | 4,602 | −11.8% |
2010 | 3,989 | −13.3% |
2020 | 3,049 | −23.6% |
Iqlimi
tahrirSamegawa nam iqlimga ega. Samegawada oʻrtacha yillik harorat 10.5 °C (50.9 °F), yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1,500 mm (59 in) qiladi va sentyabr eng yomgʻirli oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 22.6 °C (72.7 °F) atrofida va eng pasti yanvarda, taxminan −0.5 °C (31.1 °F) gacha tushadi[3].
Tarixi
tahrirHozirgi Samegawa hududi qadimgi Mutsu viloyatining bir qismi edi. Meydzi restavratsiyasidan soʻng, Ivaki provintsiyasining Nakadōri hududidagi Higashishirakawa tumanining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Samegawa qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan.
Taʼlim tizmi
tahrirSamegawada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi va Fukushima prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud.
- Fukushima prefekturasi Shumei tijorat oʻrta maktabi
- Samegawa oʻrta maktabi
Transport tizimi
tahrirTemir yoʻl
tahrir- Samegawa yoʻlovchi temir yoʻl xizmatiga ega emas.
Magistral yoʻllari
tahrir- 289-milliy yoʻnalish
- 349-milliy yoʻnalish
Manbalar
tahrir- ↑ Samegava rasmiy statistikasi (Wayback Machine saytida 2018-10-18 sanasida arxivlangan)(yaponcha)
- ↑ Samegawa population statistics
- ↑ Samegawa climate data
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (yaponcha)