"Samo farzandlari" (forscha: بچه‌های آسمان) 1997-yilda rejissor Majid Majidiy tomonidan suratga olingan Eron filmi.

Syujeti tahrir

Uchinchi sinf oʻquvchisi Ali singlisi Zahroning tuflisini kosibdan olib, uyiga ketayotganda tasodifan yoʻqotib qoʻyadi. Endi nima qilsin? Axir, endi singlisi maktabga borolmaydi. Onasining betobligi tufayli yupun kun kechirayotgan va faqat otasining daromadiga tayangan oilaning yangi poyabzal sotib olishga qurbi yetmaydi. Ali Zahro bilan poyabzallarini navbatma-navbat almashinib kiyib maktabga qatnashga kelishadi. Zahro ertalab darsga boradi, keyin esa Ali. Ammo bunaqada, maktabga ulgurish uchun oyoqni qoʻlga olib yugurish lozim boʻladi.

Kunlardan bir kuni maktabda yugurish musobaqasi oʻtkazilishi haqida eʼlon qilinadi. Gʻolibga esa krossovka topshililar ekan. Xoʻsh, Ali uni yutib oladimi?..

Rollarda tahrir

  • Muhammad Amir Najiy - Alining otasi
  • Amir Farrux Hoshimyan - Ali
  • Bahori Siddiqiy - Zahra
  • Nafisa Jaʼfar Muhammadiy - Roya
  • Fereshte Sarabandi Alining onasi sifatida
  • Behzod Rafi - murabbiy
  • Doriush Muxtoriy Alining ustozi sifatida
  • Muhammad Hasan Husaynyan - Royaning otasi

Mukofotlar va nominatsiyalar tahrir

Nominatsiya tahrir

  • 1999-yil - Oskar mukofoti
    • Chet tilidagi eng yaxshi film