Samuraylar

(Samuraydan yoʻnaltirildi)

Samuraylar (yaponcha samurau — xizmat qilmoq) — oʻrta asrlarda Yaponiyada zodagonlar, mayda dvoryanlarning harbiy tabaqasi. Minamoto sulolasi davrida (1192—1333) alohida tabaqa boʻlib koʻzga koʻringan, syogun (harbiy zodagon hukmdor)lardan kelib chiqqan. Tokugava sulolasi vaqtida (1603— 1867) esa, batamom tabaqa sifatida shakllangan. S.ning eng imtiyozli qatlamini xatamoto (maʼnosi "bayroq ostida") tashkil qilib, ular syogunlarning bevosita vassallari boʻlgan. S.ning asosiy qismi knyazlarning vassali edilar, ularning oʻz yeri boʻlmagan, knyazdan maosh sifatida guruch olganlar. S.ning qonuni — busido (maʼnosi "jangchi yoʻli") oʻz egasi boʻlmish yirik zodagonlarga sodikdikni talab qilardi. S. uchun sharafli mashgʻulot faqat harbiy xizmat boʻlib, ular mehnatkash ommani mensimaslik, pisand qilmaslik ruhida tarbiyalangan edilar. Tokugava qonuniga binoan, S. harbiy tabaqa aʼzolariga nisbatan oʻzini nomunosib tutgan oddiy fuqaroni tezlik bilan oʻddirishi mumkin edi. Tokugava sulolasi hukmronligi davrida ichki urushlar toʻxtaganda, S.ning harbiy otryadlari dehqon qoʻzgʻolonlarini bostirish bilan mashgʻul boʻlgan. Keyinchalik S.ga ehtiyoj kamayib borgan va ularning aksariyati hunarmandchilik va savdo bilan shugʻullana boshlagan. S. 1867— 68 yillardagi inqilobda (Meydzi isin) muhim rol oʻynagan. Mazkur inqilobdan soʻng S. tabaqasi rasman bekor qilinsada, ular oʻzlarining imtiyozli mavk,yelarini sakdab qolgan. 1872—73 yillardagi agrar qonunlar eʼlon qilinganidan soʻng , S. yangi zamindorlar qatoriga oʻtgan. Armiya va flotdagi zobitlarning aksariyati sobiq Sdan iborat edi. S.ning "jasorati", anʼanalari (dushmanga asir tushmaslik uchun oʻzini oʻzi oʻldirish — harakiri)ni ulugʻlovchi qonun, yangiyangi urushlarni qoʻmsash, irqchilik, bosqinchilik tashviqoti yapon hukmron doiralarining gʻoyaviy quroliga aylangan. Yapon militaristlarini S. deb atash odat tusiga kirgan. "S." atamasi yapon harbiy doiralariga nisbatan ishlatiladi.

AdabiyotTahrirlash

  • Ocherki novoy istorii Yaponii (1640— 1917), M., 1958; Spevakovskiy A. B., Samurai — voyennoye sosloviye Yaponii, M., 1981; Kuznetsov Yu. D. i dr., Istoriya Yaponii, M., 1988.

Temur Gʻiyosov.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil