San-Marino iqtisodiyoti
Dunyodagi eng kichik davlatlardan biri hisoblanuvchi San-Marino iqtisodiyotida umumiy yalpi ichki mahsulotning 36,4% ini (2008-yil holatiga koʻra) ishlab chiqarish sektori tashkil etadi. Shuningdek bank va sugʻurta sektori 18,6% ni, davlat boshqaruvi sektori – 14,3% ni, savdo – 8,6% ni, xizmat koʻrsatish sohasi – 11,3% ni; qurilish – 5.5% ni tashkil etadi.
Valyutasi | Yevro |
---|---|
Statistikalar | |
YaIM | 0,36 mlrd |
Jon boshiga YaIM |
13333 |
2,6% | |
Ishchi kuchi |
Bank ishi, turizm, elektronika sanoati, vinochilik |
Barcha qiymatlar, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, AQSh dollarida keltirilgan. |
Sanoatning asosiy tarmoqlari – bank, turizm, elektronika sanoati va vinochilikdan iborat. Muhim daromad manbai pochta markalari va suvenirlar ishlab chiqarishdir (markalarni sotishdan tushgan daromad YaIMga nisbatan 10% ni tashkil etadi).
Aholining asosiy 52% xizmat koʻrsatish sohasida ishlaydi, qolgan 41% sanoatda va 7% qismi – qishloq xoʻjaligida asosan faoliyat olib boradi.
San-Marinoda foydali qazilma konlari yoʻq, elektr energiyasi Italiya tomonidan taʼminlanadi. San-Marino va Italiya oʻrtasida avtomobil va temir yoʻl aloqalari mavjud. San-Marino Italiya bilan bojxona va pochta ittifoqiga aʼzo hisoblanadi, shu sababli ham Italiya har yili San-Marinoga bojxona toʻlovlari, radio va televidenie markazlari, qimor oʻyinlari va boshqalar bilan bogʻliq daromadli sohalarni rad etish uchun tovon puli toʻlaydi.
Hozirda San-Marino xalqaro tashkilotlar, xususan, Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqi bilan jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda faol hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Shu tufayli, San-Marino 2014-yilda Italiyaning soliq qoidalarini buzish boʻyicha muammoli davlatlar qora roʻyxatidan, 2017-yilda esa Ecofin roʻyxatidan chiqarib yuborildi[1][2].
Mamlakatning pul birligi yevro boʻlib, San-Marino banknotlarni chiqarish huquqiga ega emas, chunki u Yevropa Ittifoqiga aʼzo emas, lekin u tanga chiqarishi huquqiga ega.
2003-yilda yalpi ichki mahsulot mutlaq qiymatda 0,36 mlrd dollarni, aholi jon boshiga 13333 dollarni tashkil etdi. Kichik davlat boʻlishiga qarmay inflyatsiya oʻrtacha darajada saqlanib qolmoqda (2,6%).
Qishloq xoʻjaligi
tahrirUzoq vaqtdan beri San-Marino iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi boʻlgan San-Marino qishloq xoʻjaligi hozirda qoʻychilik, gʻalla yetishtirish, uzumchilik va vinochilik bilan bogʻliq hisoblanadi[3].
San-Marinoda qishloq xoʻjaligi (bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, zaytun), bogʻdorchilik (kashtan va janubiy mevalar); goʻsht va sut chorvachiligi, choʻchqachilik; ipakchilik, asalarichilik asosan rivojlangan.
Sanoati
tahrirItaliya mashinasozlik kompaniylarining filiallari va firmalar, toʻqimachilik, sement, qogʻoz, charm, metallga ishlov berish, kimyo sanoati va boshqa Italiya korxonalari San-Marinoda joylashgan.
Mamlakata asosan: shisha, mayolika, metall, keramika, chinni va mebeldan hunarmandchilik maxsulotlari ishlab chiqariladi.
Turizmi
tahrirHududga tashrif buyuruvchilar turizmi mamlakat iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydi (turizm davlat daromadining 60% dan ortigʻini tashkil qiladi). Har yili mamlakatga 3 million sayyoh tashrif buyuradi[3].
Yana qarang
tahrir- Italiya iqtisodiyoti
- Italiya sanoati
Manbalar
tahrir- ↑ „Anonymous (2016-09-15). "Common EU list of third country jurisdictions for tax purposes". Taxation and Customs Union - European Commission. Retrieved 2020-08-25.“.
- ↑ „"Italy Takes San Marino Off Blacklist". www.tax-news.com. Retrieved 2020-08-25.“. 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Background Note: San Marino U. S. Bureau of European and Eurasian Affairs
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |