SangardakdaryoSurxondaryoning oʻng irmogʻi. Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻridan (3800 m) boshlanadi. Uz. 114 km, havzasining maydoni 948 km². Suv yigʻish maydoni 889 km², oʻrtacha balandligi 2286 m. Yuqori oqimida (Qizilsoy qoʻshilgunga kadar) Degikanora deb ataladi. Shu kismda dare juda tor va yon bagʻirlari tik vodiydan okadi. S.ga bir kancha kattakichik soylar qoʻshiladi: oʻng tomondan Qizilsoy (15 km), Shoʻrchiob (11 km) va Molongur (23 km); chap tomondan Xondiza (25 km) va Nilu (11 km). S. asosan, mavsumiy qor va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Maksimal suv sarfi 44 m³/sek. (may oyida), noyabr — yanvarda 4,38—4,04 m³/sek. S.ning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 15 m³/sek., oʻrtacha oqim moduli 17,0 l/sek, km². Dare vodiysi Surxondaryo viloyatining xushmanzara joylaridan biri, sharsharalar bor. Oʻrmon xoʻjaligi mavjud.[1]

Sangardakdaryo



ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil