Saniya Hanafiyevna Fazyzulina - (ruscha: Файзулина Сания Ханафиевна) sharqshunos olima , pedagogika fanlari doktori, professor.[1]

Fayzulina Saniya Hanafiyevna Файзулина Сания Ханафиевна
Fayzulina Saniya Hanafiyevna.png
"O'zbekiston Sharqshunoslari" kitobidan olingan surat
Tavalludi 28-iyun 1929-yil(1929-06-28)
Astraxan shahri
Vafoti noma'lum
Istiqomat joylari Toshkent
Fuqaroligi O'zbekiston SSR
Sohasi sharqshunos, pedagok
Institutlar O'rta Osiyo davlat universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat jahon tillari instituti
Ilmiy unvoni pedagogika fanlari doktori , professor
Mashhur sovrinlari "SSSR xalq talimı a'lochisi" ko'krak nishoni

BiografiyaTahrirlash

1929-yil 28-iyunda Astraxan shahri da tug’ilgan. 1946-yilda O’rta Osiyo universitetining sharq fakultetiga o’qishga kiradi. 1951-yilda fakultetning eron-afg’on bo’limini tugatib, o’z fakultetida ishga qoladi. 1950-1961-yillarda o’rta maktabda o’qituvchi, ilmiy mudir lavozimlarida ishlaydi.

S.H.Fayzulina 1961-yilda Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti aspiranturasiga o’qishga kiradi. Aspiranturadan so’ng institutda katta ilmiy xodim lavozimida faoliyatini davom ettiradi.

1967-yilda olima Toshkent davlat chet tillari instituti (hozirgi O’zbekiston jahon tillari universiteti) ga ishga o’tib, umrining oxiriga qadar mazkur universitetning pedagogika kaffedrasida katta o’qituvchi, 1970-yilda dotsent, 1971-yilda sirtqi fakultet dekani, 1978-yilda kafedraning katta ilmiy xodimi va nixoyat 1987-yilda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi. Olima ancha yillar doktorlik va nomzodlik ilmiy darajasini berish bo’yihcha ixtisoslashgan ilmiy kengashning a’zosi bo'lgan.[2]

Ilmiy faoliyatiTahrirlash

1966-yil SSSR Pedagogika fanlarii akademiyasinning akademigi , professor S.Rajabov rahbarligida nomzodlik dessertatsiyasini yozib, O’zbekiston O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti ilmiy kengashida “Эстетическое воспитание учащихся узбекских школ в процессе изучения русской литературы ” degan mavzuda nomzodlik dessertatsiyasini himoyadi.

Olima 1989-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining ilmiy kengashida “Становление и развитие системы эстетического воспитана школьников Узбекистана (1917 - 1980 гг.)” nomlı mavzuda doktorlık dessertatsıyasını yoqlagan, 1991-yılda esa olımaga pedagogıka va psıxologıya kafedrasınıng professorı ilmiy unvoni berilgan. Olima rahbarligida bitta 1 ta doktorlik va 8 ta nomzodllik dessertatsiyalari himoyadan o’tgan. Olimaning 80 dan ortiq maqolalar, risolalar va monoografiyalari nashr qilgan. S.H.Fayzulina o'zining ilmiy faoliyati uchun "SSSR xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan mukofotlangandir[2]

Ilmiy asarlariTahrirlash

"Выразительно чтение как средство эстетического воспитания школьников." (Учебное пособие), Т., 1968.

"Эстетическое воспитание студенческой молодёжи". Т., 1978.

"Эстетическое воспитание учащихся молодёжи". Т., 1978.

“Становление и развитие системы эстетического воспитана школьников Узбекистана “. Т., 1984.

ManbalarTahrirlash

  1. https://cat.libnvkz.ru/CGI/irbis64r_14/cgiirbis_64.exe?LNG=&I21DBN=ANL20&P21DBN=ANL20&S21STN=1&S21REF=5&S21FMT=fullwebr&C21COM=S&S21CNR=10&S21P01=0&S21P02=0&S21P03=I=&S21STR=%2F%D0%A4%2017%2D164853
  2. 2,0 2,1 O'zbekiston Sharqshunoslari, Malik Abdusamatov, bibliografik ocherk, Qomuslar bosh tahririyati, Toshkent - 1996, 144-145-betlar.