Sanjar Ikramov Ravshanovich (taxallusi: Sanjar Xoʻja)(1988-yil, Toshkent, OʻzSSR) — Oʻzbekistonlik bloger, tadbirkor, “Qadam” va “Hayotimiz kengurulari” kitoblarining muallifi.

Sanjar Xoʻja
Tavalludi
Sanjar Ikramov Ravshanovich

1988-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi 2007–2011-yillar Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Kasbi Tadbirkor, bloger.
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Sanjar Xoʻja haqida sahifa mavjud.

Hayoti tahrir

Sanjar Xoʻja 1988-yil Toshkent viloyati Uchtepa tumanida tavvalud topgan. 1944–2003-yillarda Uchtepa tumanidagi 283-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olgan. 2003–2006-yillarda Toshkent tumani Ijtimoiy-iqtisodiyot kollejining “Bank ishi” yoʻnalishda oʻqishini davom ettirgan va shu yillar mobaynida “Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati” faol koʻngillisi boʻlib faoliyat olib borgan.2005-yilda oʻtkazilgan “Kelajak ovozi” koʻrik-tanlovining “Ijtimoiy loyihalar va biznes reja” yoʻnalishi boʻyicha respublika gʻolibligini qoʻlgan kiritgan. 2005–2006-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati (hozirgi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi) seminar-treninglarida trener sifatida faoliyat yuritgan. 2007–2011-yillarda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti)ning “Kutubxona-axborotlashtirish faoliyatini boshqarish” fakultetini bitirgan[1][2].

Blogerlik faoliyati tahrir

Social Blade platformasi maʼlumotlari koʻra Sanjar Xoʻja oʻz Youtube platformasidagi kanalini 28-noyabr 2019-yilda yaratgan[3]. Shu yilning 29-noyabrda “Chegaralar” nomli birinchi videosi joylagan[4]. Youtube platformasida 233 ming obunachi va 19 miliondan ortiq video koʻrishlar soniga ega[3]. U asosan siyosat, iqtisodiyot va psixologiya kabi mavzularda chiqish qiladi. Bundan tashqari uning Telegramda 18,3 ming[5], 2024-yilgi Social Blade maʼlumotlariga koʻra Facebookda 30 ming va Instagramda 34,4 ming obunachisi bor[6].

Qidiruvga berilishi tahrir

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bloger Sanjar Xoʻjani qidiruvga bergan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bo‘yicha ayblov e’lon qilgan[7][8][9][5]. Ichki vazirligi buni quyidagicha izohlaydi[10]:

Sanjar Ikromov fuqaro F.X.ga avtomashinalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishini aytib, Sergeli mashina bozoridan arzon narxda Nexia olib berishni va’da qilgan. U jabrlanuvchidan 20 mln so‘m pullarini aldov yo‘li bilan undirib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Manba tahrir

  1. Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160 bet. ISBN 978-9943-7733-4-9. 
  2. Sanjar Xoʻja. Qadam. Maʼmura Qutliyeva: . Toshkent: "Yosh kuch" nashriyoti, 2020 — 148 bet. ISBN 978-9943-5738-5-7. 
  3. 3,0 3,1 Social Blade. „Sanjar Xoʻja“ (Ingliz). Qaraldi: 19-mart 2024-yil.
  4. https://www.youtube.com/watch?v=_hlin0u4_2w
  5. 5,0 5,1 gazeta.uz. „Blogerlar Sanjar Ikromov va Sherali Komilov qidiruvga berildi“ (10-avgust 2023-yil). Qaraldi: 19-mart 2024-yil.
  6. https://socialblade.com/instagram/user/sanjarxoja1
  7. Qalampir.uz. „IIV blogerlar “Sanjar Xo‘ja” va Sherali Komilov nega qidiruvga berilganini ochiqladi“ (11-avgust 2023-yil). Qaraldi: 19-mart 2024-yil.
  8. Daryo.uz. „IIV blogerlar Sanjar Ikromov va Sherali Komilovni qidiruvga berdi“ (10-avgust 2023-yil). Qaraldi: 19-mart 2024-yil.
  9. Kun.uz. „Blogerlar Sanjar Ikromov va Sherali Komilov qidiruvga berildi“ (10-avgust 2023-yil). Qaraldi: 19-mart 2024-yil.
  10. Gazeta.uz. „O‘zbekiston IIV — ikki bloger qidiruvga berilgani sabablari haqida“ (11-avgust 2023-yil). Qaraldi: 19-mart 2024-yil.