Sanjar Jumaboyev (2002-yil 17-iyun, Angren, Toshkent viloyati) – oʻzbek futbolchisi, Belarusning „Isloch“ klubi vingeri.

Sanjar Jumaboyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sanjar Jumaboyev
Tavallud sanasi 17-iyun 2002-yil (2002-06-17) (21 yosh)
Tavallud joyi Angren Oʻzbekiston
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Belarus FC Isloch Minsk Raion
Raqami 35
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2020—2023 Oʻzbekiston AGMK
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021—2023 Oʻzbekiston AGMK 0 (0)
2023— Belarus FC Isloch Minsk Raion 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

AGMK tahrir

Toshkent futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. 2020-yilda u Olmaliqning „AGMK“ klubiga oʻtdi va u yerda klubning yoshlar jamoasida oʻynay boshladi. 2021-yilda futbolchi asosiy jamoa bilan birga OChL guruh bosqichi oʻyinlariga yoʻl oldi. U klubdagi debyutini 2021-yil 24-aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklarining „Shabab Al Ahli“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va 51-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[1]. Keyinchalik futbolchi klubning yoshlar jamoasida oʻynashni davom ettirdi.

Isloch tahrir

2023-yil sentyabr oyida futbolchi Belarusning Isloch klubiga oʻtdi va u bilan bir yillik shartnoma imzoladi[2][3][4].

Eslatmalar tahrir

  1. „Shabab Al Ahli vs. AGMK“ (en). soccerway.com (2021-yil 24-aprel).
  2. „ОКМК футболчиси Беларусь клубига ўтди“. 2023-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-oktyabr.
  3. „Санжар Жумабоев подписал контракт с нашим клубом“ (ru). fcisloch.by (2023-yil 4-sentyabr).
  4. „ОКМК футболчиси Беларусь клубига ўтди“. 2023-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.

Havolalar tahrir