Bosh menuni ochish

Sanjar Athamovich Tursunov — Oʻzbekistonlik futbolchi. Ukrainaning „Vorskla“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi. 1986-yilning 29-dekabr kuni Toshkentda tugʻilgan.

Sanjar Tursunov
Sanzhar Tursunov.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sanjar Atham oʻgʻli Tursunov
Tavallud sanasi 1986-yil, 29-dekabr
Tavvalud joyi    Toshkent, Sanjar Tursunov SSSR, Oʻzbekiston.SSR
Boʻyi 173 sm
Ampluasi yarimhimoyachi
Klub ma'lumoti
Joriy klub Sanjar Tursunov Vorskla
Raqami 77
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sanjar Tursunov Paxtakor
Professional klublar1
Yillar Klub Isht. (Gol)*
2006-2008
2009-2011
2012
2013
2013
2014-h.v
Sanjar Tursunov Irtish-1946
Sanjar Tursunov Volga Nijniy Novgorod
Sanjar Tursunov Alaniya
Sanjar Tursunov Lokomotiv Toshkent
Sanjar Tursunov Gazovik
Sanjar Tursunov Vorskla
86 (13)
102 (9)
22 (1)
5 (1)
16 (2)
5 (1)   
Milliy terma jamoa
2010-h.v Sanjar Tursunov Oʻzbekiston 33 (5)

1 Professional klublardagi gollari
(ichki chempionat) uchun.
* Ishtiroklari (Gollari)

Mundarija

KaryerasiTahrirlash

Klublardagi karyerasiTahrirlash

Yoshlik paytida Sanjar Tursunov Toshkentning Paxtakor klubi safida oʻynagan. 2006-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtib Omskning „Irish“ klubida oʻynay boshladi. „Irtish“ safidagi debyut oʻyinini 23-fevral kuni „Zarya“ klubiga qarshi oʻtkazdi. Uch kundan soʻng oʻzining ilk golini „Kuzbass-Dinamo“ klubi darvozasiga kiritdi[1]. 2008-yilgacha Rossiya Ikkinchi Divizionida 86 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta golga mualliflik qildi. Shuningdek Rossiya Kubogida ham 5 ta oʻyin oʻtkazdi.

2009-yilning yanvarida Rossiya Birinchi Divizioni debyutanti Nijniy Novgorodning „Volga“ klubi bilan shartnoma imzoladi[2]. Birinchi Diviziondagi debyut mavsumida Tursunov 35 ta oʻyinda maydonga tushdi va 1 ta golga mualliflik qildi. Keyingi yili „Volga“ safida 36 ta oʻyinda maydonga tushdi va 6 ta golga mualliflik qildi. Oʻsha yili „Volga“ Birinchi Divizionda 2-oʻrinni egallab Premyer Ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Premyer Ligadagi debyuti 2011-yilning 14-martiga toʻgʻri keldi, „Tom“ klubiga qarshi boʻlib oʻtgan oʻsha oʻyinda Tursunov 61-daqiqada maydonga tushirildi[3][4].

2011-yilning dekabrida Vladikavkazning „Alaniya“ klubiga oʻtdi[5].

2013-yilda esa Tursunov Oʻzbekistonga qaytdi va Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzoladi[6].

2013-yilning iyul-dekabr oylarida yana Rossiyaga qaytib Orenburgning „Gazovik“ klubi safida oʻynadi.

2014-yildan Ukrainadagi Poltava shahrining „Vorskla“ klubi aʼzosi.

Terma jamoadagi karyerasiTahrirlash

Sanjar Tursunov Milliy terma jamoada 2010-yildan beri oʻynab keladi. 2011-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 6 ta oʻyinda maydonga tushdi[7]

YutuqlariTahrirlash

  •   Rossiya Birinchi Divizioni Vitse-Chempioni: 2010
  •   Rossiya Premyer Ligasi oʻyinlari ishtirokchisi: 2010-2011
  •   Ukraina Premyer Ligasi oʻyinlari ishtirokchisi: 2014
  •   Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi: 2012
  •   Milliy terma jamoa safida Osiyo Kubogi 2011 ishtirokchisi: 2011
  •   Osiyo Kubogi 2011 yarim finalchisi: 2011

ManbalarTahrirlash