Sanjin Prcić (talaffuzi: Sanjin Prchich; 1993-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi Strasburg va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Sanjin Prcić
Prcić Rennes bilan, 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sanjin Prcić
Tavallud sanasi 20-noyabr 1993-yil (1993-11-20) (30 yosh)
Tavallud joyi Belfort, Fransiya
Boʻyi 1.81 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Strasbourg
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2011 Sochaux
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2013 Sochaux II 56 (6)
2013—2014 Sochaux 29 (0)
2014—2018 Rennes 61 (3)
2015—2016Torino (ijara) 2 (0)
2016Perugia (ijara) 13 (3)
2018—2019 Levante 10 (0)
2019Strasbourg (ijara) 13 (2)
2019— Strasbourg 62 (1)
Milliy terma jamoa
2008—2010 Bosniya va Gersegovina U17 12 (0)
2011—2012 Bosniya va Gersegovina U19 6 (1)
2011—2013 Bosniya va Gersegovina U21 9 (2)
2014— Bosniya va Gersegovina 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Ilk faoliyat davri tahrir

Prcić 2001-yilda Sochauxning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan[2]. 2012-yil sentabr oyida tizzasidan og‘ir jarohat oldi va kamida olti oyga safdan chiqishi maʼlum boʻldi[3]. 2013-yilning 31-avgustida 19 yoshida Ajaccioga qarshi oʻyinda professional debyut qilgan[4]. 30-oktabrda professional golini Monpellierga kiritdi[5].

Rennes tahrir

2014-yilning iyul oyida Prcić nomaʼlum toʻlov evaziga Rennesga oʻtdi[6]. Klubdagi rasmiy debyutini 16-avgust kuni Evianga qarshi oʻtkazdi[7]. 2015-yilning 25-aprelida Nicega „Renn“ safidagi ilk golini kiritdi[8].

Sentyabr oyida Prcić Italiyaning Torino jamoasiga bir mavsumga ijaraga berildi[9]. 2016-yilning yanvarida yarim mavsumga Perudjaga ijaraga berildi[10].

Levante tahrir

2018-yilning avgustida Prcić uch yillik shartnoma asosida Ispaniyaning Levante jamoasiga oʻtdi[11]. Jamoadagi debyutini 17-avgust kuni Betisga qarshi oʻtkazdi[12].

Strasbourg tahrir

2019-yil yanvar oyida Prcić Strasburgga olti oylik ijara asosida oʻtdi[13]. 30-yanvar kuni Bordeauxga qarshi Coupe de la Liga oʻyinida rasman debyut qildi[14]. Oradan bir hafta oʻtib, Angersga qarshi oʻyinda debyut qildi va gol urishga muvaffaq boʻldi[15]. 30-mart kuni klubi Coupe de la Liga finalida Guingampni magʻlub etdi, Prcić klubdagi birinchi sovrinini qoʻlga kiritdi[16].

Sentyabr oyida Strasburg Prcić bilan uch yillik shartnoma imzoladi[17].

2022-yilning may oyida shartnomasini 2025-yilning iyuniga qadar uzaytirdi[18].

Xalqaro faoliyati tahrir

Prcić Bosniya va Gersegovinani barcha yosh toifadagi terma jamosini himoya qilgan. Velimir Stojnić bosh murabbiyligidagi 17 yoshgacha boʻlganlar jamoasi sardori sifatida ham oʻynagan[19].

2014-yil avgust oyida Lixtenshteynga qarshi oʻrtoqlik oʻyini va Kiprga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash oʻyiniga birinchi marta chaqiruv oldi[20]. 4-sentabr kuni Lixtenshteynga qarshi debyut qildi[21].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

13-noyabr, 2022-yil[22]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Sochaux II 2010—2011 Championnat National 2 14 1 - - 14 1
2011—2012 Championnat National 2 24 3 - - 24 3
2012—2013 Championnat National 2 17 2 - - 17 2
2013—2014 Championnat National 2 1 0 - - 1 0
Jami 56 6 - - 56 6
Sochaux 2013—2014 Liga 1 29 0 2 1 1 1 32 2
Rennes 2014—2015 Liga 1 17 1 1 0 2 0 20 1
2016—2017 Liga 1 25 1 2 0 1 0 28 1
2017—2018 Liga 1 19 1 0 0 1 1 20 2
Jami 61 3 3 0 4 1 68 4
Torino (ijara) 2015—2016 Serie A 2 0 1 0 - 3 0
Perugia (ijara) 2015—2016 Serie B 13 3 - - 13 3
Levante 2018—2019 La Liga 10 0 4 0 - 14 0
Strasbourg (ijara) 2018—2019 Liga 1 13 2 - 2 0 15 2
Strasbourg 2019—2020 Liga 1 3 0 0 0 1 0 4 0
2020—2021 Liga 1 14 0 1 0 - 15 0
2021—2022 Liga 1 32 1 2 0 - 34 1
2022—2023 Liga 1 13 0 0 0 - 13 0
Jami 75 3 3 0 3 0 81 3
Jami faoliyati 246 15 13 1 8 2 267 18

Xalqaro tahrir

14-iyun, 2022-yil[23]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Bosniya va Gersegovina 2014 3 0
2015 1 0
2016 1 0
2017 1 0
2018 2 0
2019 0 0
2020 0 0
2021 3 0
2022 3 0
Jami 14 0

Yutuqlari tahrir

Strasburg

  • Coupe de la Liga: 2018—2019

Manbalar tahrir

  1. „Sanjin Prcić“ (French). rcstrasbourgalsace.fr. Qaraldi: 2020-yil 11-may.
  2. „Prcić potpisao trogodišnji ugovor sa Sochauxom“ (Bosnian). sportsport.ba (2012-yil 22-mart). Qaraldi: 2012-yil 23-mart.
  3. „Jagodić u problemima: Prcić teže povrijeđen“ (Bosnian). sportsport.ba (2012-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  4. „Bh. reprezentativac Sanjin Prcić debitovao za Sochaux“ (Bosnian). klix.ba (2013-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 3-sentyabr.
  5. „Prvijenac Prcića, Sochaux prošao dalje“ (Bosnian). sportsport.ba (2013-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 1-noyabr.
  6. „Sanjin Prcić potpisao za Rennes“ (Bosnian). klix.ba (2014-yil 31-iyul). Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.
  7. „Prcićev debi iz snova: Dvije asistencije u trijumfu Rennesa“ (Bosnian). sportsport.ba (2014-yil 16-avgust). Qaraldi: 2014-yil 18-avgust.
  8. „Sanjin Prcić postigao prvijenac u dresu Rennesa“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2015-yil 25-aprel). Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
  9. „Sanjin Prcić na posudbi u italijanskom Torinu“ (Bosnian). radiosarajevo.ba (2015-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 2-sentyabr.
  10. „Sanjin Prcić na posudbi u Perugiji“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2016-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 1-fevral.
  11. „Sanjin Prcić u Levanteu tri godine“ (Bosnian). avaz.ba (2018-yil 2-avgust). Qaraldi: 2018-yil 2-avgust.
  12. „Vraća nam se i LaLiga: Prcićev Levante šokirao i razbio Betis, nevjerovatan pogodak Moralesa“ (Bosnian). scsport.ba (2018-yil 17-avgust). 2022-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-avgust.
  13. „Sanjin Prcić nakon pola godine napustio Španiju i potpisao za Strasbourg“ (Bosnian). klix.ba (2019-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
  14. „Prcić debitovao, Strasbourg se plasirao u finale Liga kupa“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2019-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 1-fevral.
  15. „Prcić postigao pogodak u prvoj ligaškoj utakmici za Strasbourg“ (Bosnian). klix.ba (2019-yil 9-fevral). Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  16. „Sanjin Prcić i društvo osvojili trofej“ (Bosnian). sportsport.ba (2019-yil 30-mart). Qaraldi: 2019-yil 1-aprel.
  17. „Sanjin Prcić novi igrač Strasbourga“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2019-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-sentyabr.
  18. „Sanjin Prcić potpisao do 2025. godine!“ (Bosnian). faktor.ba (2022-yil 24-may). Qaraldi: 2022-yil 24-may.
  19. „Sanjin Prcić: U BiH nisam dobio pravu priliku, na Sušića sam reagovao u afektu“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2021-yil 25-fevral). Qaraldi: 2021-yil 26-fevral.
  20. „Četiri debitanta na Sušićevom spisku za predstojeće duele“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2014-yil 22-avgust). Qaraldi: 2014-yil 23-avgust.
  21. „Položen test pred kvalifikacije: Zmajevi razbili Lihtenštajn u Tuzli s visokih 3:0“ (Bosnian). klix.ba (2014-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-sentyabr.
  22. „S. Prcić“. soccerway.com. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  23. „Sanjin Prcić“. eu-football.info. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.