Sanoq tizimi — sonlarni maxsus belgilar (raqamlar) toʻplami yordamida yozish usuli. Sanoq tizimining pozitsion va nopozitsion koʻrinishlari mavjud. Nopozitsion Sanoq tizimi rim raqamlari bilan, pozitsion Sanoq tizimi esa biz oʻrgangan va arab raqamlari (aslida hind raqamlari) deb ataladigan belgilar bilan yoziladi[1]. Pozitsion Sanoq tizimida oʻrniga qarab raqamning qiymati oʻzgarib boradi. Masalan, 34 soni 4 ta birlik va 3 ta oʻnlikni bildiradi. Agar ularning oʻrni almashtirilsa 43 soni hosil boʻladi. Bu sonda 3 ta birlik va 4 ta oʻnlik mavjud, yaʼni 3 ning qiymati 10 marta kamaydi va aksincha 4 ning qiymati 10 barobar oshdi. Bunday oʻnlik Sanoq tizimidagi sonlarning raqamlari uni 10 lik asos darajalari yigʻindisida tasvirlashning koeffitsiyentlari hisoblanadi. Hisoblash mashinalarida, odatda, G.V. Leybnits taklif qilgan ikkilik sanoq sistemasi ishlatiladi. Bunday sonlarni tasvirlash uchun 2 ta — 0 va 1 raqamlaridan foydalaniladi. 2 lik Sanoq tizimining ishlatilishi EHMlar quriladigan elementlarning faqat 2 ta turgʻun ishchi holatda boʻlishi bilan bogʻliq. Bu elementlar kalitlarga oʻxshash boʻlib, ular yozilgan yoki oʻchirilgan holatlarda boʻladi. Uchinchi holat yoʻq. Bu holatlarning biriga 1, 2siga 0 mos qoʻyilsa, bunday elementlarning ketma-ketligi 2 lik Sanoq tizimidagi songa mos keladi.

Raqamlarni yozishning turli shakllari

Manbalar

tahrir
  1. David Eugene Smith; Louis Charles Karpinski. The Hindu-Arabic numerals. Ginn and Company, 1911. 

Yana qarang

tahrir