Santos Urdinaran
![]() Santos Urdinaran 1928-yil | |||||||||||||||||||||||||||||||
Umumiy maʼlumotlar | |||||||||||||||||||||||||||||||
Laqabi | Vasquito (Kichik bask) | ||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan sana va joyi | 1900-yil 30-mart Urugvay,Montevideo | ||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻlimi | 1979-yil 14-iyul (79 yosh) Urugvay, Montevideo | ||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | |||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 170 sm | ||||||||||||||||||||||||||||||
Ampulasi | yarimhimoyachi, hujumchi | ||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||
Xalqaro medallar | |||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||
![]() |
Santos Urdinaran (ispancha: Santos Urdinarán) — urugvaylik futbolchi, hujumchi.1930-yil Jahon chempioni.1930-yil 30-martda Urugvay poytaxti Montevideo shahrida tavallud topgan. Urugvayning „Nasional“ klubi va Urugvay milliy terma jamoasi futbolchisi.
Tarjimai holiTahrirlash
Santos Urdinaran butun faoliyatini bir klub yaʼni „Nasional“ tarkibida (1919-yildan 1933-yilgacha) oʻng qanot hujumchisi sifatida oʻtkazdi.Santos Urugvay terma jamoasining yana bir futbolchisi, uch karra Janubiy Amerika chempioni va 1924-yilgi Olimpiada oʻyinlari chempioni Antonio Urdinaranning ukasi boʻlib, akasi „bask“ laqabiga ega edi (Urdinaranlar oilasi basklardan edi),Santosni esa „Kichik Bask“ laqabi bilan chaqirishardi.Chunki Antonioning ukasi boʻlgani sababli edi."Nasional" jamoasi tarkibida 318 ta oʻyinda maydonga tushib 124 ta gol urgan.
1930-yilgi Jahon chempionatida Santos Urdinaran bitta oʻyin oʻtkazdi.Urugvay milliy terma jamoasi tarkibida Peru milliy terma jamoasiga qarshi birinchi oʻyinda maydonga tushdi.Jahon chempionatining Ruminiy milliy terma jamoasi,Yugoslaviya milliy terma jamoasi,Argentina milliy terma jamoasiga qarshi keyingi oʻyinlarni zahira oʻrindigʻida navbatini kutdi.
Bundan tashqari Santos Urdinaran ikki karra (1924, 1928) Olimpiada chempioni va Janubiy Amerika chempionatining uch karra (1923, 1924, 1926) chempioni boʻlgandi.Urugvay terma jamoasida esa 22 ta oʻyinda maydonga tushib 2 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan.Bu oʻyinlari quyidagicha taqsimlangan,Jahon chempionatida 1 ta,Olimpiada oʻyinlarida 7 ta,Janubiy Amerika kubogida 7 ta, oʻrtoqlik uchrashuvlarida 7 ta oʻyin oʻtkazgan.
„Nasional“ jamoasi tarkibida besh marta Urugvay chempioni boʻlgan.1979-yil 14-iyulda Urugvayning Montevideo shahrida vafot etgan.
Yutuqlari
- Olimpiada chempioni-1924,1928
- Janubiy Amerika chempioni-1923,1924,1926
- Jahon chempioni-1930
- Urugvay chempioni-1919,1920,1922,1923,1924
- Kompetensiya kubogi sohibi-1919,1921,1923
ManbalarTahrirlash
3.https://www.transfermarkt.com/santos-urdinaran/profil/spieler/289456
4.https://www.besoccer.com/player/santos-urdinaran-395424
5.http://p2k.unaki.ac.id/en3/2-2878-2775/Santos-Urdinaran-Santos-Vasqu_48517_stipsi_p2k-unaki.html