Santu-andre — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar, Katta SanPaulu tarkibida. Aholisi 648,4 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Ogʻir sanoat, xususan, rangli metallurgiya, mashinasozlik, texnik rezina, kimyo sanoatlari rivojlangan. Koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, oziqovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Shaharga 1549-yilda asos solingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil