Sardor Umrzoqov

Davlat va siyosat arbobi

Sardor Oʻktamovich Umrzoqov (23-noyabr 1977-yilda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston — Oʻzbekiston davlat arbobi, 2022-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni rahbari[2], 2019—2022-yillari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri. 2021-yil 8-fevraldan Islom taraqqiyot banki oliy boshqaruvchilari kengashi raisi[3].

Sardor Oʻktamovich Umrzoqov
Сардор Уктамович Умурзаков
Умурзаков, Сардор Уктамович.jpg
Flag of Uzbekistan.svg
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni rahbari
Emblem of Uzbekistan.svg
 
Mansab davri
2022-yil 16-iyuldan — 
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Zaynilobiddin Nizomiddinov
Flag of Uzbekistan.svg
 Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri
Emblem of Uzbekistan.svg
 
Mansab davri
2019-yil 28-yanvardan — 2022-yil 16-iyulgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Jamshid Xoʻjayev
Vorisi Jamshid Xoʻjayev[1]
Oʻzcharmsanoat raisi
Emblem of Uzbekistan.svg
 
Mansab davri
2016-yildan — 2019-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-oktyabr 1977-yil (1977-10-23) (45 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

BiografiyaTahrirlash

1977-yil 23-noyabrda Oʻzbekiston SSR poytaxti Jizzaxda tugʻilgan. 1994—1998-yillarda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining „Xalqaro moliya va bank ishi“ fakultetida oliy taʼlim olgan. Bakalavr diplomini olgandan soʻng,1998—1999-yillarda Reading universitet (Buyuk Britaniya) oʻqib, „Bank ishi“ ixtisosligi boʻyicha magistr darajasini olgan.

2000—2003-yillar bank sohasida mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida 2-toifali mutaxassis sifatida boshlagan. Biroz vaqt oʻtgach, u 1-toifali mutaxassis, soʻngra — yetakchi mutaxassis va keyinchalik — Investitsiyalarni boshqarish boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan. 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Samarqand boʻlimi boshqaruvchisining oʻrinbosari etib tayinlangan.

2004-yildan 2007-yilgacha Londonda yashab, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining moliyaviy institutlari biznes guruhining katta bankiri lavozimida ishlagan. Buyuk Britaniyadan qaytgach, 2007-yildan 2013-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida rahbarlik lavozimlarni egallagan: Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, soʻngra — boshligʻi, keyinchalik — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2014-yildan 2017-yilgacha — „Oʻzbekcharmpoyabzal“ uyushmasi raisining maslahatchisi. Keyinchalik (2017—2018-yillarda) ushbu uyushmaning Boshqaruvi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Soʻngra, 2018—2019-yillarda „Oʻzbekcharmpoyabzal“ uyushmasi qayta tashkil etilishi natijasida yangidan tuzilgan „Oʻzcharmsanoat“ uyushmasining raisi lavozimida ishlagan.

2019-yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Sardor Umrzoqov Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan.

Shuningdek, 2019-yil yanvar oyidan buyon Savdoni tarif va notarif tartibga solish kengashining raisi va Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyasining raisi.

2019-yil avgust oyidan — Hududlar va tarmoqlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha Respublika komissiyasining raisi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi Kengashining raisi, „Oʻzagroeksportbank“ ATB Kengashining raisi, „Oʻzbekinvest“ eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi Direktorlar kengashining raisi va „Uzbekinvest International Insurance Company“ xalqaro sugʻurta kompaniyasi (London, Buyuk Britaniya) Direktorlar kengashining raisi.

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining boshqaruvchisi (bosh ofis — London, Buyuk Britaniya).

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining boshqaruvchisi (bosh ofis — Pekin, XXR).

2019-yilning sentyabr oyidan — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi aʼzosi.

2022-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni rahbari[2]

Ilmiy darajasiTahrirlash

  • Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash