Sariqamish soyligi, Sariqamish botigʻi — Oʻrta Osiyodagi choʻl iqlimli berk botiq. Ustyurt platosi va Qoraqum choʻli orasida (Turkmanistonda, shimoli-gʻarbiy qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasida). Uzunligi 125 km, eni 90 km. Eng chuqur joyi dengiz sathidan 38 m past. Markaziy qismida taxirshoʻr Sariqamish koʻli joylashgan. Sariqamish soyligi oval shaklda boʻlib, qad. koʻl choʻkindilaridan tarkib topgan va usti shoʻrxok hamda shamolda toʻzuvchi qum bilan qoplangan. Baʼzan, Amudaryo suvi quyilgan davrlarda Sariqamish soyligi koʻlga aylangan. Amudaryo qayta Orol dengiziga quyilganda Sariqamish soyligi yana qurigan. Neogen oxirida, yuqori toʻrtlamchi davrda (sathi 58 m), 14— 16-asrlarda (sathi 50–62 m) koʻl boʻlgan. Oxirgi marta Amudaryo 1878-yil yozida soylikka yetib kelgan. 1971-yil Daryoliq orqali soylikka suv kelgan va maydoni 1000 km² dan ortiq, suv hajmi 12 km³, chuq. 30 m keladigan koʻl hosil boʻlgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil