Sarmoyador
Sarmoyador – haqiqiy hayotga asoslangan roman boʻlib, amerikalik yozuvchi Teador Drayzer tomonidan yozilgan. Adibning „Istak trilogiyasi“dan joy olgan ushbu asari, 1912-yilda nashr etilgan. Ushbu asarga amerikalik temir yoʻl korchaloni, millioner Charles Yerkesning hayot yoʻli asos qilib olingan. Trilogiyaning ikkinchi qismi „Titan“ nomi bilan 1914-yilda nashrdan chiqadi[1]. Uchinchi qism „The Stoic“ 1947-yilda chop etiladi va adibning eng soʻnggi romani boʻlib qoladi.
Muallif(lar) | Theodore Dreiser |
---|---|
Muharrir(lar) | Harper & Brothers |
Tarjimon(lar) | Muhabbat Ismoilova |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | Roman |
Nashr etilgan sanasi | 1912-yil |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2021-yil |
Sahifalar soni | 700 |
Voqealar rivoji
tahrirOtasi bankir boʻlgan Frenk Kaupervud oʻzining dastlabki pulini auksionda ishlab topadi. U Kastiliya sovunining yettita qutisini sotib oladi va uni oʻsha kuniyoq 70 foizdan ortiq foyda bilan baqqolga sotadi. Keyinchalik u Henry Waterman & Companydan yangi ish topadi va oʻz ishini Tighe & Companyga qoldirib ketadi. Frenk yosh boʻlishiga qaramay, badavlat bevaga uylanadi. Yillar davomida u shahar gʻaznachisi Jorj Stener yordamida munitsipal mablagʻlarga sarmoya tikishni va oʻz lavozimini suiisteʼmol qilishni boshlaydi. 1871-yilda Chikagodagi katta yongʻin, fond bozorining qulashiga olib keladi va u bankrot boʻladi. Frenk Jorj Stenerni qoʻrqitish orqali qamoq jazosidan qutulishga harakat qiladi, biroq poraxoʻrlikka va shahar mablagʻlarini noqonuniy ishllatilishiga moyil boʻlgan respublikachilar partiyasining siyosatchilari Frenkdan foydalanishadi. Oʻzlarining korrupsiya va noqonuniy qilmishlarida Frenkni ayblab „echkiday“ ishlatishadi. Shu bilan birga, u biznes hamkorlaridan birining qizi Eylin Batler bilan ishqiy munosabatda boʻladi. U qamoq jazosidan keyin ham Frenkni kutishga vaʼda beradi. Eylinning otasi Edvard Batler vafot etadi va u oilasidan uzoqda ulgʻayadi.
Hozirgi davrga ishoralar
tahrir- Asarda Genri Kaupervud abolitsionizmni xushlamaydi. Bundan tashqari, u Nicholas Biddle va Amerika Qoʻshma Shtatlari bankini Endryu Jeksonga nisbatan afzal koʻrishi aytiladi. Boshqa tarixiy elementlar qatoriga Jon Braun, Abraham Linkoln, First Battle of Bull Run, Battle of Gettysburg, Battle of Gettysburg, Battle of the Wilderness va J. Proctor Knottlar kiradi.
- Frank Odam Ato va Momo Havvoga ishonmasligini aytadi.
- Benjamin Franklinning elektr baligʻi haqidagi nazariyasi eslatib oʻtilgan.
- Cryus West Field, William H.Vanderbilt, Cornelius Vanderbilt, Jay Gould, Daniel Drew, Charles Crocker kabilar eslab oʻtiladi.
- Drayzer bosh qahramon Frenkni magnat Charles Yerkesga taqlid sifatida gavdalantirgan[2].
Boshqa asarlarga ishoralar
tahrir- Frank Harriet Hosmer, Hiram Powers, Edward Clark Potter va keyinroq Bertel Thorvaldsenning haykallariga ega ekanligi aytiladi.
- Lillian Dante Gabriel Rossetti yoki Edward Bern-Jonesning XII bobdagi rasmida nomaʼlum inson sifatida tasvirlangan. Keyinchalik Frank William Morris Hunt, Thomas Sully va William Hartning rasmlarini sotib oladi. Uyini sotgandan soʻng, u Gilbert, Eastman Johnson, Édouard Detaille, Mariano Fortuny, George Inness Gobelin gilamlari, Antoine-Louis Barye haykallariga ega ekanligi aytiladi.
- Aileen Robert Schumann, Franz Schubert, Jacques Offenbach va Frederic Chopinni tinglashni yaxshi koʻradi.
- XXXVIII bobda xonim Calliganning qizi Charlotte Bronte Jane Eyre, Edward Bulwer-Lytton, birinchi Baron Lyttonning "Kenelm Chillingly", Ouidaning "Tricotrin", Amelia Edith Huddleston Barrning "A Bow of Orange Ribbon" kitoblarini oʻqiganligi aytiladi.
- Oxirgi faslda William Shakespearening "Macbeth" asari tilga olinadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Dreiser, Theodore. Sister Carrie, Jennie Gerhardt, Twelve Men. Richard Lehan, ed. New York: Library of America, 1987, pp. 1141–2. ISBN 0-940450-41-0
- ↑ Daniel A. Zimmerman, Panic!: Markets, Crises, and Crowds in American Fiction (Cultural Studies of the United States), The University of North Carolina Press, 2006, p. 191