Sayyid Hodi Naqshbandiy — (XVI asr) — alloma va avliyo. Sayid Hodi Naqshbandiy Hazrat Xoja Mahmud Naqshbandiyning o‘g‘illari hisoblanadilar. Bu zoti sharif nasablari besh halqa orqali Hazrat Bahouddin Naqshbandga borib taqaladi[1]. Sayid Hodi haqlarida „Muzakkiri ahbob“da xabar berilgan. Bu zoti sharif o‘z zamonasining olimi, donishmandi, shayxi bo‘lgan. Halollikda, taqvoda hammaga namuna edilar. Quyidagi gʻazal Hazratning qalamlariga mansub: „Az tori pirohai ozurda meshavad badanash, Agarche rishtai jonhost tori pirohanash. Ba yak suxan labi o‘ boz dar kamon andoxt, Maro ki yak kamone nabuvad az dahanash. Maro xayoli suxan buvad az labash, lekin, Zi tangii dahani o‘ berun nashud suxanash. Ba zeri har xami zulfash buvad hazor shekan, Hazor dil buvad ammo ba zeri har shekanash. Kalomi dilkashi Hodiyst qobili tahsin, Ki dar kamoli suxan hast himmati husnash“. Mazmuni: ko‘ylak ipidan og‘rinar emish badani, garchi ko‘ylagi ipi jonlar rishtasidan bo‘lsa ham. Bir so‘z aytdi-yu labi yana yumildi qoldi, og‘zidan hech bir so‘z chiqqanini ko‘rmay qoldim. Men labidan bir so‘z orzu etaman, lekin og‘zi torligidan bir so‘z ham tashqariga chiqa olmaydi. Zulfining har qayrilgan yerida ming pech bor, ming dil bo‘lur ammo har bir pechi ostida. Hodiyning dilkash kalomi tahsinga arzir, ki yetuk so‘zida yor husnining himmati bor. Hazrat Sayid Hodiy Naqshbandiyning taxallusi „Hodiy“ bo‘lgan. Bu zoti sharif XVI asrda yashab faoliyat ko‘rsatib o‘tganlar[2].

Avliyo

Ism

Sayyid Hodi Naqshbandiy

Tavalludi

XVI asr

Falsafa maktabi


Manbalar

tahrir
  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.