Scott Fraser McKenna (talaffuzi: Skott Freyzer MakKenna) (1996-yil 12-noyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Scott McKenna „Nottingham Forest“ futbol klubi va Shotlandiya milliy futbol terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi. Scott McKenna futbolchilik faoliyati davomida „Aberdeen“, „Ayr United“ va „Alloa Athletic“ futbol klublarida ijara asosida oʻynagan.

Scott McKenna
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Scott Fraser McKenna[1]
Tavallud sanasi 12-noyabr 1996-yil (1996-11-12) (27 yosh)
Tavallud joyi Kirriemuir, Shotlandiya
Boʻyi 1.89 m[2]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nottingham Forest
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2014 Aberdeen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2020 Aberdeen 91 (5)
2015 → Ayr United (ijara) 12 (0)
2016 → Alloa Athletic (ijara) 4 (0)
2016—2017 → Ayr United (ijara) 11 (1)
2020 Nottingham Forest 72 (3)
Milliy terma jamoa
2013—2015

Shotlandiyaning 19 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
14 (0)
2017

Shotlandiyaning 21 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
5 (0)
2018 Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi 27 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 20-avgust uchun)

Klublardagi oʻyin faoliyati tahrir

Aberdeen tahrir

Scott McKenna oʻz faoliyatini „Aberdeen“ futbol klubining akademiyasida boshlagan edi. Oʻsha vaqtlarda „Daily Record“ jurnali Scott McKennani „mamlakatdagi eng istiqbolli himoyachilardan biri“ deb atagandi[3].

Scott McKenna 2016-yilning 6-fevralida „St Johnstone“ klubiga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, oʻzining „Aberdeen“ klubi safida ilk professional oʻyinini oʻtkazdi[4]. 2016-yilning 22-mayida Scott McKenna „Aberdeen“ klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi[5]. 2016-yil noyabrida Scott McKenna Shotlandiya chempionati ishtirokchisi „Ayr United“ klubiga 28 kunga ijaraga oʻtdi[6]. Keyinchalik Scott McKennaning ijarasi mavsum oxirigacha uzaytirildi[7].

„Aberdeen“ klubi 2018-yil avgust oyida „Celtic“ klubidan Scott McKenna uchun 3,5 million funt sterlinglik taklifni rad etdi[8]. Avgust oyida „Aberdeen“ klubi Scott McKenna uchun "Aston Villa" klubining kattaroq taklifini ham rad etdi[9]. 2019-yil yozgi transfer oynasida „Aberdeen“ klubi Scott McKenna uchun transfer soʻrovini topshirgandan soʻng, „Queens Park Rangers“ va „Nottingham Forest“ klublarining Scott McKenna boʻyicha takliflarini rad etdi[10].

2019-yil dekabr oyida „Aberdeen“ klubi rahbari Dave Cormack klub Scott McKenna yoki jamoadoshi Sam Cosgrove uchun boshqa klublardan hech qanday taklif yoki shartnoma olmaganini tasdiqladi[11]. 2020-yil 29-fevralda „St Mirren“ futbol klubi bilan boʻlib oʻtgan Shotlandiya kubogi doirasidagi bahsda Scott McKennaning son suyagi yirtilgan edi[12].

2020-yil avgust oyida Scott McKenna oy boshida barga tashrif buyurib, Shotlandiyadagi COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq cheklovlarni buzgani uchun Shotlandiya FA tomonidan uch oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan sakkizta „Aberdeen“ klubi oʻyinchilaridan biri edi[13]. „Aberdeen“ klubi „Nottingham Forest“ klubi bilan 2020-yil sentyabr oyida Scott McKennaning transferi boʻyicha muzokaralarga kirishdi[14].

Nottingham Forest tahrir

2020-yil 23-sentabrda Scott McKenna nomaʼlum toʻlov evaziga EFL chempionati vakili „Nottingham Forest“ klubiga oʻtdi[15]. Scott McKenna „Forest“ klubidagi ilk oʻyinini 2020-yil 25-sentyabrda „Haddersfield Town“ klubiga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi[16]. Scott McKenna klubdagi ilk golini 2020-yil 4-noyabrda „Coventry City“ klubi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi[17]. Scott McKenna 2021—2022-yilgi mavsumda „mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi“ deb topildi[18].

Shaxsiy hayoti tahrir

Scott McKenna Kirriemuirdagi Webster oʻrta maktabida oʻqigan[19]. Scott McKenna bolaligidan „Celtic“ futbol klubining ishqibozi boʻlgan[20]. Scott McKennaning otasi Ian 1990-yillarda Shotlandiyaning „Forfar Athletic“ va "Montroseʼ futbol klublarida futbolchi sifatida faoliyat yuritgan[20][21].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubuk Liga kubugi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Aberdeen 2014—2015[22] Shotlandiya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2015—2016[23] Shotlandiya Premer-ligasi 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
2016—2017[24] Shotlandiya Premer-ligasi 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0
2017—2018[25] Shotlandiya Premer-ligasi 30 2 4 0 0 0 0 0 34 2
2018—2019[26] Shotlandiya Premer-ligasi 30 2 4 0 3 0 2 0 39 2
2019—2020[27] Shotlandiya Premer-ligasi 24 1 4 0 1 0 6 0 35 1
2020—2021[28] Shotlandiya Premer-ligasi 4 0 0 0 0 0 2 0 6 0
Jami 91 5 12 0 5 0 10 0 118 5
Aberdeen 2017—2018[25] Shotlandiya Birinchi ligasi - - - 1 0 1 0
Ayr United (ijara) 2014—2015[22] Shotlandiya Birinchi ligasi 12 0 0 0 0 0 0 0 12 0
Alloa Athletic (ijara) 2015—2016[23] Shotlandiya chempionati 4 0 0 0 0 0 0 0 4 0
Ayr United (ijara) 2016—2017[24] Shotlandiya chempionati 11 1 2 0 0 0 1 0 14 1
Nottingham Forest 2020—2021[29] Shotlandiya chempionati 24 1 1 0 0 0 25 1
2021—2022[30] Shotlandiya chempionati 45 2 3 0 0 0 3 0 51 2
Jami 69 3 4 0 0 0 3 0 76 3
Jami 187 9 18 0 5 0 15 0 225 9

Xalqaro tahrir

Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi 2018 8 0
2019 6 0
2020 4 0
2021 6 0
2022 3 1
Jami 27 1
Scott McKenna tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2022-yil 8-iyun Hampden Park, Glazgo, Shotlandiya   Armaniston 2-0 2-0 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi

Manbalar tahrir

  1. „Scottish Football Association: List of Suspensions: Issue No. 15: Thursday 18 October 2018“. Scottish Football Association (18-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 3-yanvar 2020-yil.
  2. „Scott McKenna“. Nottingham Forest F.C.. Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
  3. Mcallion, Kevin. „Aberdeen tie down starlets Danny Rogers and Scott McKenna“. Daily Record. Glasgow: Trinity Mirror (22-mart 2016-yil). Qaraldi: 15-may 2016-yil.
  4. „Young Dons' Debuts - Season 2015/16“. www.afc.co.uk. Aberdeen F.C. (1-iyun 2016-yil). 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2016-yil.
  5. Mcallion, Kevin. „Aberdeen tie down starlets Danny Rogers and Scott McKenna“. Daily Record. Glasgow: Trinity Mirror (22-mart 2016-yil). Qaraldi: 15-may 2016-yil.
  6. Wilson, Mike. „Ayr United sign Aberdeen defender Scott McKenna on loan“. Daily Record. Glasgow: Trinity Mirror (11-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2016-yil.
  7. „McKenna extends stay at Ayr“. www.afc.co.uk. Aberdeen F.C. (20-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
  8. McLaughlin. „Scott McKenna: Aberdeen reject Celtic bid of around £3.5m“. BBC Sport. BBC (22-avgust 2018-yil). Qaraldi: 22-avgust 2018-yil.
  9. McLauchlin. „Scott McKenna: Aberdeen turn down Aston Villa bid for defender“. BBC Sport. BBC (31-avgust 2018-yil). Qaraldi: 31-avgust 2018-yil.
  10. Sutherland. „Aberdeen: Scott McKenna hands in transfer request“. BBC Sport. BBC (5-avgust 2019-yil). Qaraldi: 5-avgust 2019-yil.
  11. Couse. „Aberdeen: No offers for Sam Cosgrove & Scott McKenna, says chairman“. BBC Sport. BBC (16-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
  12. Smith. „Scott McKenna: Aberdeen and Scotland defender likely to miss rest of season“. BBC Sport. BBC (3-mart 2020-yil). Qaraldi: 3-mart 2020-yil.
  13. „Celtic's Boli Bolingoli gets three-game ban; 'Aberdeen eight' receive three-match suspended ban“. BBC Sport. BBC (28-avgust 2020-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
  14. „Scott McKenna: Nottingham Forest poised to sign Aberdeen defender“. BBC Sport. BBC (21-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2020-yil.
  15. „McKenna moves to The Reds“. www.nottinghamforest.co.uk. Nottingham Forest F.C. (23-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
  16. „Huddersfield beat Forest for first win“ (inglizcha). BBC Sport. BBC (25-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
  17. „Nottingham Forest 2-1 Coventry“. BBC Sport. BBC (4-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2020-yil.
  18. Club. „McKenna wins UK Meds Player of the Season“. Nottingham Forest Football Club. Qaraldi: 15-iyun 2022-yil.
  19. Scotland players' old schools send good luck messages, Henry Hepburn, TES (magazine), 11 June 2021
  20. 20,0 20,1 Pattullo, Alan. „Interview: Aberdeen's Scott McKenna on his sudden rise to the Scotland captaincy, why he wants to leave Pittodrie and why Aston Villa's move for him fell through“. The Scotsman. Edinburgh: JPIMedia (15-fevral 2020-yil). Qaraldi: 17-fevral 2020-yil.
  21. Ian McKenna, Post War English & Scottish Football League A — Z Players Transfer Database
  22. 22,0 22,1 „Games played by Scott McKenna in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 19-noyabr 2017-yil.
  23. 23,0 23,1 „Games played by Scott McKenna in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 19-noyabr 2017-yil.
  24. 24,0 24,1 „Games played by Scott McKenna in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 19-noyabr 2017-yil.
  25. 25,0 25,1 „Games played by Scott McKenna in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 19-noyabr 2017-yil.
  26. „Games played by Scott McKenna in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 27-iyul 2018-yil.
  27. „Games played by Scott McKenna in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-iyul 2019-yil.
  28. „Games played by Scott McKenna in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
  29. „Games played by Scott McKenna in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 23-oktabr 2020-yil.
  30. „Games played by Scott McKenna in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.