Xojabek Seitov (1917-yil 25-avgust, Qoraqalpogʻiston, Qoraoʻzak tumani — 2001-yil 20-aprel, Nukus) — qoraqalpoq yozuvchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1972). Qoraqalpogʻiston Oʻqituvchilar institutida oʻqigan (1938—1941). Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi qoshidagi Radioeshittirish qoʻmitasi (1947—1958) va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1952—1958). "Sovet Qaraqalpaqstani" gaz. boʻlim mudiri (1958-yildan). Poetik asarlarida ("Baxtli hayot", 1947; "Gullayotgan ovul", 1955, N. Japaqov bilan hamkorlikda; "Tong shuʼlasi", 1968 va boshqalar) qoraqalpoq xalqi turmush tarzi tasvirlangan. Oʻzbek tilida "Hayot tongi" (1954), "Toʻlqinlar" (1956), "Yaylov yulduzi" (1968) kabi asarlar yozgan. "Mashaqqatli baxt" (1959), "Kuchli shamol" (1973) romanlari muallifi. Mirtemirnit "Qoraqalpoq daftari" asarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan (1959[1][2]).

Xojabek Seitov
Tavalludi 25-avgust 1917-yil
Vafoti 20-aprel 2001-yil(2001-04-20)
(83 yoshda)
Nukus
Fuqaroligi SSSR
Mukofotlari

Manbalar tahrir

  1. Mashaqqatli baxt [roman], T., 1962; Yaylov yulduzi [sheʼrlar va doston], T., 1968.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil