Sen-lui — Senegalning shimoli-gʻarbiy qismidagi shahar. Sen-Lui viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 132,5 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Senegal (daryo) sining Atlantika okeaniga quyilish yeridagi port. Savdotaqsimot markazi. Baliq ovlanadi. Oziq-ovqat, poligrafiya sanoatlari rivojlangan. Kustar usulda turli buyumlar tayyorlanadi. Universitet bor. Shaharga 1659-yilda asos solingan. 1958-yilgacha Senegal va ayni vaqtda Mavritaniyaning maʼmuriy markazi boʻlgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil